O‘ZBEK TILI KORPUSINI YARATISH VA UNING ISHYURITISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, milliy korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, elektron matn, ish yuritish, rasmiy hujjatlar, lingvistik annotatsiya, raqamli texnologiyalar, avtomatik tahlil.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tili korpusini yaratishning nazariy va amaliy asoslari,uning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni hamda davlat va tashkilotlarda ish yuritish
jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. O‘zbek tilining milliy korpusini shakllantirish, elektron
matnlarni yig‘ish, saralash, lingvistik jihatdan belgilash va yagona ma’lumotlar bazasiga
joylashtirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, korpus texnologiyalaridan rasmiy
hujjatlar tayyorlash, imlo va uslubiy xatolarni aniqlash, terminlarni bir xilda qo‘llash,
elektron hujjat almashinuvi va tarjima jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqot davomida o‘zbek tilshunosligida yaratilgan ilmiy manbalar va korpus
lingvistikasi bo‘yicha mavjud ishlanmalar o‘rganildi. Natijada o‘zbek tili korpusining nafaqat
ilmiy tadqiqotlar, balki davlat boshqaruvi, ta’lim, hujjatchilik va raqamli texnologiyalar
rivojida ham muhim vosita ekanligi asoslab berildi.