ILK O‘ZBEK RAHBAR HUQUQSHUNOS AYOLI – HALIMA MUHITDINOVA
Keywords:
Kalit so‘zlar: Halima Muhitdinova, huquqshunoslik, Oliy sud raisi, prokuratura, yuridik ta’lim, BMT, xalqaro faoliyat,Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston huquqshunoslik va sud-huquq tizimi tarixida alohida va o‘chmas o‘rin tutgan taniqli olima, davlat va jamoat arbobi Halima Qodirovna Muhitdinovaning hayoti hamda ko‘p qirrali ilmiy-amaliy va pedagogik faoliyati yoritiladi. Uning prokuratura va sud organlaridagi rahbarlik faoliyati, O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi sifatidagi xizmatlari, urush yillaridagi fidoyiligi va xalqaro maydondagi BMT doirasidagi vakilligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Halima Muhitdinovaning O‘zbekistonda yuridik kadrlarni tayyorlash va huquqshunoslik ta’limini rivojlantirishdagi beqiyos o‘rni va uning ma’rifiy merosi haqida ilmiy va tahliliy fikr yuritiladi.
References
1.Halima Muhitdinova — hayoti va merosi. TDYU huzuridagi H.K. Muhitdinova nomidagi akademik litseyning rasmiy taqdimot va biografik materiallari. Toshkent, 2024.
2.O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. "Muhitdinova Halima Qodirovna" maqolasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti.
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarixi va faoliyati materiallari to‘plami. Toshkent, 2018.
4.O‘zbekiston Fanlar akademiyasi. Ma’rifatparvar va davlat arbobi bo‘lgan ayollar. Toshkent: Fan nashriyoti.
5.O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA). "Ajoyib huquqshunos va davlat arbobi Halima Muhitdinova xotirasiga." Arxivi materiallari.