XIV–XV ASRLARDA XORAZM SHAHARLARINING RIVOJLANISHI: ARXEOLOGIK VA NUMIZMATIK DALILLAR

Authors

  • Jumaniyozov Doniyor Xudoyorovich Urganch Innovatsion universiteti Ijtimoiy-gumanitar va tillar kafedrasi o‘qituvchisi Telefon raqam: +998 99 664 01 00

Keywords:

Xorazm, Mizdahqon, Janpiqqal’a, Kat, Urganch, shahar madaniyati, arxeologiya, numizmatika, Oltin O‘rda.

Abstract

Mazkur tadqiqotda XIV–XV asrlarda Xorazmning o‘ng qirg‘oq hududlarida shahar hayotining rivojlanish jarayonlari arxeologik va numizmatik manbalar asosida tahlil qilinadi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda shahar markazlarining faoliyati, pul muomalasi, hunarmandchilik va savdo aloqalarining rivojlanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Mizdahqon, Janpiqqal’a, Kat, Abu Muslimqal’a, Shemaxaqal’a, Shohsanam va boshqa yodgorliklardan aniqlangan arxeologik materiallar o‘ng qirg‘oq Xorazm hududlarida shahar va hunarmandchilik an’analarining davom etganini ko‘rsatadi. Numizmatik ma’lumotlar esa Xorazmning XIV asrdagi pul muomalasi va iqtisodiy aloqalarini yoritishda muhim manba vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari o‘ng qirg‘oq Xorazm shaharlarining mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda to‘liq yo‘qolib ketmaganini, balki o‘zgarib borayotgan siyosiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashgan holda faoliyatini davom ettirganini ko‘rsatadi.

References

1.Фёдоров-Давыдов Г. А. Нумизматика Хорезма золотоордынского периода // Нумизматика и эпиграфика. М. : Наука, 1970. Т. VIII. С. 219.

2.Кдырниязов М. Ш. Материальная культура городов Хорезма в XIII–XIV веках. Нукус : Каракалпакстан, 1989. С. 99.

3.Манилов Ю. П. К изучению городища Кят // Вестник Каракалпакского филиала АН УзССР. 1966. № 2. С. 81–85.

4.Манилов Ю. П., Кдырниязов М. Ш. Городище Джанпык-кала // Археология Приаралья. Ташкент : Фан, 1984. Вып. II. С. 88–104.

5.Кдырниязов М. Ш. О роли Хорезма в евразийской торговле XIII–XV веков // Общественные науки в Узбекистане. 2000. № 1. С. 35–41.

6.Ягодин В. Н., Ходжайов Т. К. Некрополь древнего Миздахкана. Ташкент : Фан, 1970. С. 15–18.

7.Кдырниязов М. Ш., Бауатдинов Р. Новые археологические данные о средневековом Миздахкане // Общественные науки в Узбекистане. 2001. № 3. С. 52–56.

Downloads

Published

2026-09-26