IPOTEKA OBLIGATSIYALARI VA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTI AHAMIYATI

Authors

  • Yayraxon Arifdjanova Usmonxo’jayevna

Keywords:

Subsidiya, foizi, iqtisodiy

Abstract

 Aholi uchun birlamchi ehtiyojlardan biri bu uy-joy masalasi hisoblanadi. Mamlakatlar iqtisodiy hayotida ham aholining turar-joy bilan ta’minlanganlik darajasi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rol o’ynaydi. BMT hisob-kitoblariga ko'ra, 2030 yilga kelib dunyo aholisi 8,5 milliardga yetadi, aholining deyarli 60 foizi shahar markazlarida yashaydi. Taxminan 3 milliard kishiga 2030 yilgacha yangi uy-joylar va asosiy shahar infratuzilmasi kerak bo'ladi.

O’zbekistonda ham aholini uy-joy bilan ta’minlash muhim masalalardan biridir. Aholini uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, uy-joy qurilishini moliyalashtirishni takomillashtirish maqsadida so’ngi yillarda bir qancha qonun xujjatlari qabul qilindi. "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qaroriga ko’ra, ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilga uzaytirilgan bo’lib, 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan subsidiya ajratilgan holda qoplab berilishi belgilab qo’yildi.

Downloads

Published

2026-04-30