ZAMONAVIY SHE’RIYATDA “OQ RANG”NING RAMZIY-FALSAFIY TALQINI
Keywords:
Xromatopoetika, oq rang, badiiy ramz, zamonaviy o‘zbek she’riyati, poetik falsafa, semantika, binar muxolifat.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati xromatopoetikasi (ranglar poetikasi), xususan, oq rangning badiiy-falsafiy funksiyalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda oq rangning an’anaviy sharqona (tasavvufiy) va zamonaviy G‘arb (I.V.Gyote) nazariyalari tutashuvida hosil bo‘lgan yangi semantik qatlamlari tahlil qilinadi.Usmon Azim ijodidagi oq rangning eksistensial-falsafiy (oq sukunat, ontologik iztirob) hamda Farida Afruz she’riyatidagi milliy-axloqiy (oq niyat, oilaviy barqarorlik) talqinlari qiyosiy-tipologik va semiotik metodlar asosida yoritib beriladi. Maqola oq rangning matn ichidagi poetik kodlari va ularning qahramon ruhiyatini ifodalashdagi o‘rni haqidagi xulosalar bilan yakunlanadi.
References
1.Azim, U. Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
2.Afruz, F. Shuur. Toshkent: Sharq, 2022.
3.Jumatova, N. O‘zbek she’riyatida ranglar poetikasi. Toshkent: Fan, 2018.
4.Karimov, B. XX asr o‘zbek she’riyati poetikasi. Toshkent: Akademnashr, 2015.
5.Goethe, J.W. von. Zur Farbenlehre (Ranglar ta’limoti). Tübingen: Cotta, 1810. (Zamonaviy nashri: Leipzig, 2010).
6.Bart, R. Mifologiyalar. (Semiotik tahlil usullari uchun). Toshkent: Akademnashr, 2021.
7.Yum, K.G. Xotiralar, tushlar, mushohadalar. (Ranglar psixologiyasi va arxetiplar uchun). Toshkent, 2019.