CHINNI–FAYANS BUYUMLARINI KUYDIRISH JARAYONINING TEXNOLOGIK VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI
Keywords:
chinni, fayans, kuydirish, sinterlash, faza o‘zgarishi, mullit, shisha faza, energiya samaradorligi, tunnel pechi.Abstract
Ushbu tezisda chinni–fayans buyumlarini kuydirish jarayoni texnologik va fizik-kimyoviy nuqtayi nazardan tahlil qilindi. Asosiy e’tibor namlikning chiqishi, organik moddalarning yonishi, kaolinitning parchalanishi, shisha fazaning hosil bo‘lishi hamda sinterlash mexanizmlariga qaratildi. Tahlil natijasida harorat rejimini bosqichma-bosqich boshqarish mahsulot zichligi, g‘ovaklik, deformatsiya xavfi va energiya sarfi o‘rtasidagi muvozanatni belgilashi, pech bo‘ylab issiqlikning bir tekis taqsimlanishi esa sifat barqarorligining hal qiluvchi omili ekani asoslandi.
References
1. Ismatov A.A. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
2. Ismatov A.A. Silikat va qiyin eriydigan nometall material va buyumlar texnologiyasi. – Toshkent: Ilm-Ziyo, 2006.
3. Alimjonova J.I., Ismatov A.A. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik kimyosi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2009.
4. Alimjonova D.I., Aripova M.X., Ro‘ziboev B.R., Abdusattorov Sh.M. Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari. – Toshkent: Sano-standart, 2019.