TU-5 VA TU-90 MARKALI TEXNIK UGLERDLARNING YYM ASTM D2414 BO‘YICHA XOSSALARI

Authors

  • Ortiqov Nosir Tojimurodovich,Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li,Djalilov Abdulaxat Turapovich Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti

Keywords:

Ushbu tadqiqot ishimizda olingan TU-5 markali texnik uglerod namunalarining fizik-kimyoviy xossasi tadqiq qilindi. Dast avval olingan namunani disperisligi aniqlab olinib maʻlumotlar jadval ko‘rinishida keltirildi.

Abstract

Ushbu jarayonda atsetilenning termik parchalanishi natijasida yuqori tozalikka ega uglerod hosil bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atsetilen qurimi asosida olingan texnik uglerodning kristallit o‘lchamlari kichik (Lc = 2-3 nm) bo‘lib, bu uning yuqori reaktivligini taʻminlaydi. Shuningdek oʻchoq usuli sanoatda eng keng qo‘llaniladigan texnologiya hisoblanadi[5]. Ushbu usulda og‘ir uglevodorodlarning qisman yonishi natijasida uglerod zarrachalari hosil bo‘ladi. Jarayon parametrlari xususan kislorod konsentratsiyasi va reaksiya vaqti mahsulotning morfologiyasiga sezilarli taʻsir ko‘rsatadi[6-7]. So‘nggi tadqiqotlarda texnik uglerodning strukturaviy xossalari WAXS, SEM va BET usullari orqali o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki texnik uglerod turbostratik tuzilishga ega bo‘lib, qatlamlararo masofa d₀₀₂ = 0.34–0.36 nm oralig‘ida bo‘ladi. Bundan tashqari lateral kristallit o‘lchami La=1–3 nm diapazonda o‘zgaradi. Piroliz moyi asosida texnik uglerod olish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda iqtisodiy samaradorlik ham baholangan [8].

References

1. Donnet, J.B. et al. (2018) - Carbon Black Science

2. Chen, L. et al. (2023) - WAXS analysis of carbon

3. Park, S. et al. (2022) - Nanostructured carbon

4. Rahman, M. et al. (2021) - Pyrolysis economics

Downloads

Published

2026-05-11