TIL VA YOZUV: YOZUV TURLARINING KELIB CHIQISH VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI MASALASI

Authors

  • Abduqodirova Gulsanam Kozimjon qizi Andijon davlat chet tillari insituti Xorijiy filologiya va turizm fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish ( koreys tili) talabasi.

Keywords:

yozuv, yozuv turlari, piktografik yozuv, ideografik yozuv, fonetik yozuv, alifbo yozuvi, savodxonlik, madaniy meros.

Abstract

Maqolaning maqsadi yozuv turlarining kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlarini tarixiy mantiqiy izchillikda yoritish, ularning asosiy tipologik xususiyatlarini ajratish hamda yozuvning til bilan oʻzaro munosabatini ilmiy asosda koʻrsatishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va tizimli tahlil metodlari qoʻllanildi; yozuvning paydo boʻlishi va rivojlanishi boʻyicha ilmiy adabiyotlar, ensiklopedik hamda onlayn manbalar solishtirildi. Natijalar yozuvning kelib chiqishi bir yoʻnalishli emasligini, u turli hududlarda hisob-kitob, maʼmuriy qayd va ramziy ifoda ehtiyojlari asosida shakllanganini koʻrsatdi. Piktografik bosqich predmetni bevosita aks ettirsa, ideografik bosqich mavhum tushunchalarni ifodalash imkonini kengaytirgan, fonetik bosqich esa yozuvni tilning tovush tuzilishiga yaqinlashtirgan. Shuningdek, logografik, boʻgʻinli va alifboli tizimlar yozuv taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlari sifatida ajratildi. Xulosa qilib aytganda, yozuv bosqichma-bosqich takomillashgan ijtimoiy madaniy tizim boʻlib, savodxonlik, taʼlim, boshqaruv va madaniy merosni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. Daniels P.T. The Worldʼs Writing Systems. — Oxford University Press, 1996

3. Houston S. The First Writing. — Cambridge University Press, 2004

Downloads

Published

2026-10-26

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.