DINIY-MA’RIFIY MATNLAR TARJIMASIDA PRAGMATIK TA’SIR TRANSFORMATSIYALARI: NEYTRALLASHUV, KUCHAYISH VA KONKRETLASHTIRISH

Authors

  • Maxliyo Azimova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston

Keywords:

Kalit so‘zlar: diniy-ma’rifiy diskurs, tarjima transformatsiyasi, pragmatik ta’sir, pragmatik neytrallashuv, kommunikativ maqsad, konkretlashtirish, semantik qisqarish, tarjima adekvatligi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda No‘mon Ali Xonning Revive Your Heart: Putting Life in Perspective asari va uning Qalbingni uyg‘ot nomli o‘zbekcha tarjimasi misolida diniy-ma’rifiy matnlarda pragmatik ta’sirning qayta ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori tarjimada baholovchi komponentning tushirib qoldirilishi, ritorik savolning bevosita hukmga aylantirilishi hamda umumiy axloqiy mazmunning muayyan hayotiy vaziyat bilan konkretlashtirilishiga qaratilgan. Qiyosiy, kontekstual va pragmatik tahlil metodlari asosida tarjima transformatsiyalarining muallif kommunikativ maqsadi va o‘quvchiga ko‘rsatiladigan ta’sirga munosabati o‘rganildi. Natijalar pragmatik ta’sirning tarjimada susayishi, kuchayishi yoki boshqa kommunikativ shaklga o‘tishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot diniy-ma’rifiy tarjimani baholashda semantik muvofiqlik bilan bir qatorda pragmatik adekvatlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.

References

1.Agliz R. Translation of religious texts: Difficulties and challenges // Arab World English Journal. – 2015. – Special Issue on Translation, № 4. – P. 182-193.

2.Azimova M. Sh. Diniy matnlar tarjimasining amaliy muammolari : magistrlik dissertatsiyasi. – Toshkent : O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2026.

3.Ibrahim M. A. The problems of religious translation // International Journal of Linguistics, Literature and Translation. – 2019. – Vol. 2, № 3. – P. 232-241.

4.Khan N. A. Revive Your Heart: Putting Life in Perspective. – Markfield : Kube Publishing Ltd., 2017.

5.Xon N. A. Qalbingni uyg‘ot / tarjima va nashrga tayyorlovchilar Muhammad Shox Ibrohim, Komil Umar. – Toshkent : Kitobdornashr, 2023.

6.Nida E. A. Toward a Science of Translating. – Leiden : E. J. Brill, 1964.

Downloads

Published

2026-10-13

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.