SUN’IY INTELLEKT VOSITASIDAGI MULOQOTDA FREYMLARNING O‘ZGARISHI VA MANIPULYATIV TA’SIR IMKONIYATLARI
Keywords:
sun’iy intellekt, freym, freyming, generativ til modeli, so‘rov, freymning o‘zgarishi, lingvopragmatika, manipulyativ ta’sir.Abstract
Generativ sun’iy intellekt vositasida yaratiladigan matnlarda freymlarning shakllanishi va qayta talqin qilinishi lingvopragmatik nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Freymning o‘zgarishi mavzuning almashtirilishigagina emas, muammoning ta’riflanishi, ishtirokchilarga mas’uliyat yuklanishi, baholash va tavsiya ifodasiga ham bog‘liqligi asoslanadi. Til modeli bilan muloqotda dastlabki so‘rov, hosil qilingan javob va takroriy tahrir yaxlit muloqot jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlari sifatida qaraladi. Muallif tomonidan tuzilgan qiyosiy matnlar yordamida freymni qayta shakllantirish bilan faktni buzib ko‘rsatish, shuningdek, odatiy ishontirish bilan manipulyativ yo‘naltirish o‘rtasidagi farq aniqlashtiriladi. Freymlarning o‘zgarishini matn, muloqot va axborotni ommaga yetkazish sathlarida baholashning nazariy mezonlari taklif etiladi.
References
1. Goffman E. Frame Analysis: An Essay on the Organization of Experience. New York: Harper & Row, 1974.
2. Entman R. M. Framing: Toward Clarification of a Fractured Paradigm // Journal of Communication. 1993. Vol. 43, No. 4. P. 51–58. DOI: 10.1111/j.1460-2466.1993.tb01304.x.
3. Pan Z., Kosicki G. M. Framing Analysis: An Approach to News Discourse // Political Communication. 1993. Vol. 10, No. 1. P. 55–75. DOI: 10.1080/10584609.1993.9962963.
4. Scheufele D. A. Framing as a Theory of Media Effects // Journal of Communication. 1999. Vol. 49, No. 1. P. 103–122. DOI: 10.1111/j.1460-2466.1999.tb02784.x.
5. Chong D., Druckman J. N. Framing Theory // Annual Review of Political Science. 2007. Vol. 10. P. 103–126. DOI: 10.1146/annurev.polisci.10.072805.103054.
6. van Dijk T. A. Discourse and Manipulation // Discourse & Society. 2006. Vol. 17, No. 3. P. 359–383. DOI: 10.1177/0957926506060250.
7. Bender E. M., Gebru T., McMillan-Major A., Shmitchell S. On the Dangers of Stochastic Parrots: Can Language Models Be Too Big? // Proceedings of the 2021 ACM Conference on Fairness, Accountability, and Transparency. 2021. P. 610–623. DOI: 10.1145/3442188.3445922.
8. Liu P., Yuan W., Fu J., Jiang Z., Hayashi H., Neubig G. Pre-train, Prompt, and Predict: A Systematic Survey of Prompting Methods in Natural Language Processing // ACM Computing Surveys. 2023. Vol. 55, No. 9. Article 195. P. 1–35. DOI: 10.1145/3560815.
9. Nowacki L., Wrochna A. E. Framing without Intent: AI Super-frames and the Hidden Agency of Large Language Models — A Case Study of ChatGPT and DeepSeek // Communication Research and Practice. 2026. Online publication. P. 1–18. DOI: 10.1080/22041451.2026.2672876.
10. Tulanbayeva Sh. Sh. Manipulyativ nutqiy ta’sirning semantik-pragmatik va funksional jihatlari tadqiqi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 2026. ZiyoNET elektron kutubxonasi. URL: https://library.ziyonet.uz/book/145465.