NODIRA VA UVAYSIY IJODIDA GENDER SUBYEKTLIGI VA LIRIK O‘ZLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: Nodira, Uvaysiy, gender subyektligi, lirik o‘zlik, lirik “men”, ayol shoiralar, mumtoz adabiyot, ishq, hijron, poetik tafakkur.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillari Nodira va Jahon otin Uvaysiy ijodida gender subyektligi hamda lirik o‘zlik masalalari qiyosiy tahlil qilinadi. Shoiralar lirikasida ayolning ruhiy kechinmalari, ishq va hijron, dard, ma’naviy izlanish hamda o‘zligini anglash jarayonlarining badiiy ifodasi yoritiladi. Shuningdek, mumtoz poetik an’analar doirasida individual “lirik men”ning shakllanishi va ayol ijodkorning o‘z poetik ovozini namoyon etish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Nodira va Uvaysiy ijodining o‘zaro mushtarak hamda farqli jihatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi.
References
1.Nodira. Devon. Tuzuvchi va so‘zboshi muallifi M. Qodirova. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001.
2.Qodirova, M. Uvaysiy va uning adabiy muhiti. – Toshkent: Fan, 1984.
3.Jalolov, T. O‘zbek shoiralari. – Toshkent: Fan, 1970.
4.Komilov, N. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr, 2009.
5.Orzibekov, R. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Fan.
6.Quronov, D., Mamajonov, Z., Sheraliyeva, M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013.