PAHLAVON MAHMUD MAQBARASI - DINIY ZIYORATGOH VA ME’MORIY SAN’AT NAMUNASI
Keywords:
Pahlavon Mahmud, Xiva, Ichan qal’a, maqbara, ziyoratgoh, Xorazm me’morchiligi, mayolika, gumbaz, tarixiy meros, me’moriy san’at, milliy qadriyat.Abstract
Ushbu tezisda Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud maqbarasining tarixiy shakllanishi, diniy-ma’naviy ahamiyati hamda Xorazm me’morchiligining noyob namunasi sifatidagi o‘rni yoritiladi. Maqbara majmuasining bunyod etilish bosqichlari, uning ziyoratgohga aylanishi, me’moriy tuzilishi, gumbazlari, mayolika bezaklari, yog‘och o‘ymakorligi hamda naqshlarida aks etgan milliy badiiy an’analar tahlil qilinadi. Shuningdek, Pahlavon Mahmud shaxsining xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni va maqbaraning bugungi kunda tarixiy-madaniy meros obyekti sifatidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
References
1.Abdurasulov A., Abidova Z. Xorazm qadamjolari va ziyoratgohlari. 1-kitob. - Toshkent: Yangi nashr, 2016.
2.Davletov S., Abdullayev M. O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari. - Toshkent: Fan ziyosi, 2022.
3.Mahmudov J. Pahlavon Mahmud Puryorvaliy. - Toshkent: IJOD-PRESS, 2019.