O‘ZBEK KOMMUNIKATIV MADANIYATIDA KINETIK VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK TALQINI
Keywords:
kinetika, kinesika, kinetik vositalar, noverbal kommunikatsiya, mimika, pantomimika, lingvopragmatika, lingvokulturologiya, kommunikativ xulq, milliy-madaniy semantika.Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek muloqotida qo‘llanadigan kinetik vositalarning lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari yoritiladi. Noverbal kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan jest, mimika, pantomimika, bosh va tana harakatlarining kommunikativ jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi. Kinetik vositalarning verbal nutqni to‘ldirishi, mazmunni kuchaytirishi, muloqotni tartibga solishi hamda ayrim vaziyatlarda verbal birliklarning o‘rnini bosishi misollar asosida ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning ma’nosi kommunikativ vaziyat, suhbatdoshlarning yoshi, ijtimoiy mavqei, o‘zaro munosabati va milliy-madaniy me’yorlar bilan bog‘liqligi asoslanadi.References
1.Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.
2.Begmatov E. O‘zbek tili antroponimikasi. – Toshkent: Fan, 2013.
3.Hoshimov M. Noverbal muloqot vositalari va ularning badiiy matndagi ifodasi. – Samarqand, 2018.
4.Birdwhistell R. L. Kinesics and Context: Essays on Body Motion Communication. – Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1970.
5.Ekman P., Friesen W. V. The Repertoire of Nonverbal Behavior: Categories, Origins, Usage, and Coding // Semiotica. – 1969. – Vol. 1. – P. 49-98.