NEFT-GAZ SOHASI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
neft-gaz sohasi, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim, kasbiy kompetensiya, pedagogik texnologiyalar, raqamli pedagogika, elektron ta’lim, modellashtirish.Abstract
Mazkur tezisda neft-gaz sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Neft-gaz sanoatidagi murakkab texnologik jarayonlarni talabalarga samarali tushuntirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarining ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning talabalarning mustaqil ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, bilimlarni nazorat qilish va pedagogik monitoringni takomillashtirishdagi imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, raqamli vositalarni neft-gaz yo‘nalishidagi maxsus fanlar, amaliy mashg‘ulotlar va modellashtirish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
References
1.Karimova N. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi. – Toshkent: Bookmany Print, 2025. – 144 b.
2.Dagiyanova G.A. Raqamli ta’lim texnologiyalari talabalarda mustaqil ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari. // Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar. – 2025. – Vol. 1, №5.
3.Ruzimova I.X., Sapayev A.B. Raqamli pedagogika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. – Toshkent: Bookmany Print, 2025. – 74 b. ISBN 978-9910-06-926-0.
4.Davletmuratov J.Q. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogning “Materialshunoslik” fanini kreativ o‘qitishda raqamli texnologiyalarni foydalanish mahorati. // Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2025. – Jild 2, №5.1. – B. 535–540.
5.Xalmuxamedova M. Ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarning o‘rni va vazifasi. // Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2024.