“MUVOZANAT” ROMANIDA SUJET QURILISHINING O‘ZIGA XOSLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar. sujet, fabula, sujet kompozitsiyasi, xronikal sujet, konsentrik sujet, retrospektiv sujet, assotsiativ sujet, sujet tipi, kompozitsiya, retrospeksiya, badiiy obraz, psixologizm, “Muvozanat” romani, Ulug‘bek Hamdam.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada badiiy asar sujetining nazariy masalalari, uning asosiy tiplari hamda sujet va fabula tushunchalarining o‘zaro farqli jihatlari tahlil qilingan. Adabiyotshunoslikka oid ilmiy manbalar, xususan, I. Sulton, D. Quronov, E. Xudoyberdiyev va boshqa tadqiqotchilarning sujet haqidagi qarashlari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Shuningdek, xronikal, konsentrik, retrospektiv va assotsiativ sujet turlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilib, ularning badiiy asar kompozitsiyasidagi vazifalari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotning asosiy obyekti sifatida Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romani sujet-kompozitsion qurilishi tahlil qilinib, asarda bir nechta sujet tiplarining o‘zaro uyg‘unlashuvi ochib berilgan. Ayniqsa, retrospektiv va assotsiativ sujet unsurlarining qahramon ruhiyati, xotiralari, ichki kechinmalari va hayotiy tanlovlarini ifodalashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratilgan. Romanda sujet turlarining qorishiq holda qo‘llanishi yozuvchining badiiy mahorati va asarning poetik o‘ziga xosligini belgilovchi muhim omil ekanligi asoslangan.
References
1.Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Т., 1983. –Б.316.
2.Раҳимов А. Ўзбек романи поэтикаси (сюжет ва конфликт). Филол. фанлари д-ри... дис. автореф. – Т., 1994. – Б.4.
3.Худойбердиев Э., Адабиётшуносликка кириш, - Т., 2008., – Б.80
4.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: “Fan”, 2007, 106-b.
5.Қўчқорова М. “Мувозанат” романида шартли рамзлар// Ўзбек тили ва адабиёти, 2014, 4-сон, 39-бет