O‘ZBEKISTON — JANNAT MAKON YURT
Keywords:
O‘zbekistonning tabiati haqida so‘z ketganda, ko‘z o‘ngimizda osmono‘par tog‘lar, keng va unumdor vodiylar, sharqiroq daryolar-u, zangori ko‘llar gavdalanadi.Abstract
Har bir inson uchun o‘z tug‘ilib o‘sgan vatani eng aziz va muqaddas go‘shadir. Mening ham qalbimda ana shunday faxr-u iftixor tuyg‘usi jo‘sh uradi, negaki men dunyodagi eng go‘zal, eng betakror diyor – O‘zbekistonda dunyoga kelganman. Ota-bobolarimiz bejizga bu zaminni "jannat makon" deb atashmagan. Bu e'tirof zamirida yurtimizning musaffo ob-havosi, maftunkor tabiati, buyuk tarixi va eng muhimi, odamlarining daryodek keng ko‘ngli, mehr-oqibati mujassamdir.