PARA QILICHBOZLARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI BIOMEXANIK YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
ara qilichbozlar uchun ishlab chiqilgan biomexanik yo‘naltirilgan maxsus texnik mashg‘ulot dasturi sportchilarning texnik tayyorgarligi va musobaqa faoliyati samaradorligini ishonchli ravishda oshirdi. Tadqiqot natijalari mazkur metodikani para qilichbozlarAbstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqot para qilichbozlarning texnik harakatlarini biomexanik jihatdan optimallashtirish hamda maxsus texnik mashg‘ulotlar dasturining samaradorligini eksperimental asosda baholashga qaratilgan. Para qilichbozlik sportida yuqori natijalarga erishish sportchilarning texnik harakatlarni tez, aniq va energetik jihatdan tejamkor bajarish qobiliyatiga bevosita bog‘liq. Shu sababli harakatlarning biomexanik chuqur tahlil qilish va ular asosida mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Qibray tuman sport maktabining A klassiga mansub 14 nafar para qilichboz ishtirok etdi. Ishtirokchilar teng sonli nazorat va tajriba guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhi uchun biomexanik tahlil natijalariga asoslangan 14 haftalik maxsus texnik mashg‘ulot dasturi ishlab chiqildi va haftasiga to‘rt marotaba mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi. Nazorat guruhi esa amaldagi an’anaviy tayyorgarlik dasturi bo‘yicha shug‘ullandi. Tadqiqot davomida hujum tezligi, zarba aniqligi, qarshi hujum reaksiyasi va tana barqarorligi kabi asosiy biomexanik ko‘rsatkichlar mashg‘ulotlardan oldin va keyin baholandi. Olingan natijalar matematik-statistik usullar, jumladan Student t-testi yordamida tahlil qilinib, ishonchlilik darajasi p < 0,05 deb qabul qilindi. Eksperimental tadqiqot natijalari maxsus texnik mashg‘ulotlar para qilichbozlarning texnik mahoratini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Tajriba guruhida hujum tezligi 16,5 % ga yaxshilanib, zarba aniqligi 22,2 % ga, tana barqarorligi 29,7 % ga oshdi hamda qarshi hujum reaksiyasi vaqti 15,3 % ga qisqardi. Shuningdek, hujum faoliyati samaradorligi tahlili hujumlar soni 11,1 %, qarshi hujumlar 8,4 %, javob bilan himoya harakatlari 18,8 % va qurolga ta’sir ko‘rsatish orqali bajarilgan hujumlar 35,3 % ga oshganligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhida esa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha faqat kichik o‘zgarishlar qayd etilib, ular statistik jihatdan ahamiyatli darajaga yetmadi.Olingan natijalar para qilichbozlarning texnik harakatlarini biomexanik asosda tahlil qilish va mashg‘ulot jarayoniga maqsadli maxsus texnik mashqlarni joriy etish sportchilarning harakat aniqligi, koordinatsiyasi, sensor-motor reaksiyasi hamda hujum faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi. Texnik harakatlarning optimallashuvi ortiqcha harakatlarni kamaytirish, energiya sarfini tejash va musobaqa faoliyatida taktik ustunlikka erishish imkonini beradi.
References
1.Usmonxodjayev T.S., Meliyev X.A., Karimov D.A., Usmonxodjayev S.T., Abdullayev D.X. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati: o‘quv qo‘llanma. Jizzax: Ruhsora servis MCHJ; 2021; 16 [1,2]188 b.
2.Chung WM. A Kinematic and Electromyographic Analysis of Wheelchair Fencing. Doctoral Dissertation. The Hong Kong Polytechnic University; 2013
3.Abdurasulova G.B., Fetisova N.A., Ibragimov A.U. Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyoti. Toshkent: Fan va texnologiya; 2018. [1,2] 620 b.
4.Borysiuk Z, Nowicki T, Piechota K, Błaszczyszyn M. Neuromuscular, Perceptual and Temporal 389 Determinants of Movement Patterns in Wheelchair Fencing: A Preliminary Study. BioMed Research 390 International. May 4, 2020, 2020.391.
5.Chung WM. A Kinematic and Electromyographic Analysis of Wheelchair Fencing (Doctoral Dissertation, The 392 Hong Kong Polytechnic University).393
6.Fung YK, Chan DK, Caudwell K, Chow BC. Is the classification of wheelchair fencing fair enough? 394 kinematic analysis among world-class wheelchair fencers. European Journal of Adapted Physical Activity. 395 2013;6(1):17-29.
7.Accessed 15 May 2020. Firth, F. Y. (1999). Seeking misclassification: "doping" in disability sport. British Journal of Sports Medicine, 33(3), 152.