ER, XOTIN, QUDA,KUYOV TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI

Authors

  • Axtamova Nigora Baxtiyorovna BuxDU 3-bosqich tayanch doktoranti

Keywords:

Quda, kuyov,er,xotin,yaqinlik,etimologiya,nikoh Hozirgi zamon o‘zbek tilidagi qavm-qarindoshlik munosabatini bildiruvchi farzand,ota, ona, amaki,ini, uka, aka, singil, opa, og ‘a, amma, tog ‘a, pohkcha, o‘g‘il, qiz, nevara, xola, bobo, buvi kabi so ‘zlarning ma’no ko ‘rinishlari bir umumiy leksik-semantik guruhni tashkil qiladi. Ismoilov yozishicha, o‘zbek tilidagi qavm-qarindoshlik terminlari o‘zlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko ‘ra asosan uch katta leksik-semantik guruhga bo ‘lib o‘rganilmoqda:

Abstract

Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilidagi “xotin”, “quda” va “kuyov” terminlarining etimologiyasi tahlil qilinadi. Bu so‘zlarning kelib chiqishi qadimgi turkiy, fors va arab tillari ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning semantik o‘zgarishi xalqning ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiradi. Xotin termining etimologiyasi: Qadimgi turkiy yodgorliklarda “qatun” shaklida uchraydi. Dastlab hukmdor ayollarga nisbatan unvon sifatida qo‘llangan.  VIII asr Kultegin toshbitigida “qatun” so‘zi uchraydi. Keyinchalik Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Usmonlilar davrida ham hukmdor ayollarga nisbatan ishlatilgan. Hozirgi kunda “Turmushga chiqqan ayol” yoki “er” so‘zining ziddi sifatida qo‘llanadi. Quda so’zining etimologiyasi: qiz yoki o‘g‘ilning uylanishi orqali qarindoshlikka kirgan tomonlarni bildiradi.

References

1.Abdusattorov Mavlon Sherali o‘g‘li. Ingliz va o‘zbek tillarida qarindoshlik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari.

2.Ismoilov I. Turkiy tillarda ba’zi bir so‘zlar etimologiyasi haqida // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1984. – 4-son. – B. 60–62.

3.Ismoilov I. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillari misolida). – Toshkent: Fan, 1966.

4.Mirzayev M. O‘zbek tilining Buxoro gruppa shevalari. – Toshkent: Fan, 1965. – 214 b.

5.Muxamadieva Z. A. Ingliz va tojik tillarida nikoh munosabatlari atamalarining qiyosiy tahlili: Dis. ... qad. filol. fanlari: 10.02.20. – Dushanbe, 2012. – 142 b.

6.Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek shevalarining leksik sostavini o‘rganish masalalari haqida // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. – 1988. – B. 29.

Downloads

Published

2026-06-09

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.