TIBBIY MATNLAR UCHUN TIL MODELLARINING FUNKSIONAL IMKOYATLARI
Keywords:
kompyuter lingvistikasi, til modeli, tibbiy matnlar, tabiiy tilni qayta ishlash, semantik tahlil, elektron sog‘liqni saqlash, o‘zbek tili.Abstract
Mazkur maqolada tibbiy matnlar uchun til modellarining funksional imkoniyatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompyuter lingvistikasi va tabiiy tilni qayta ishlash doirasida til modellarining tibbiyot sohasida qo‘llanilish yo‘nalishlari, xususan, klinik hujjatlarni avtomatik tahlil qilish, tibbiy terminlarni aniqlash, semantik bog‘lanishlarni ochib berish, matnlarni strukturaga solish, umumlashtirish va generatsiya qilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, tibbiy matnlarning lingvistik xususiyatlari, zamonaviy neyron va transformer modellarining funksional afzalliklari hamda ularning elektron sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ahamiyati ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘zbek tili uchun tibbiy til modeli yaratishning dolzarbligi, mavjud muammolar va istiqbollari nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilida tibbiy matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan til modellarini ishlab chiqish uchun metodologik poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
References
1.Jurafsky D., Martin J. H. Speech and Language Processing. — Pearson, 2023.
2.Vaswani A., Shazeer N., Parmar N. et al. Attention Is All You Need // NeurIPS. — 2017.
3.Devlin J., Chang M. W., Lee K., Toutanova K. BERT: Pre-training of Deep Bidirectional Transformers for Language Understanding // NAACL-HLT. — 2019.
4.Brown T. et al. Language Models are Few-Shot Learners // NeurIPS. — 2020.
5.Lee J., Yoon W., Kim S. et al. BioBERT: a pre-trained biomedical language representation model // Bioinformatics. — 2020.
6.Demner-Fushman D., Chapman W. W., McDonald C. J. Natural language processing in clinical decision support // Journal of Biomedical Informatics. — 2009.
7.Nadkarni P. M., Ohno-Machado L., Chapman W. W. Natural language processing: an introduction // JAMIA. — 2011.
8.Esteva A. et al. A guide to deep learning in healthcare // Nature Medicine. — 2019.
9.Кубрякова Е. С. Язык и знание. — М.: Языки славянской культуры, 2004.
10.Йўлдошев М. Матн ва унинг лингвистик таҳлили. — Тошкент: Фан, 2010.