ANDREAS GRYPHIUS SONETASI TAHLILI
Keywords:
Andreas Gryphius, Barokko adabiyoti, sonet, antitezis, Es ist alles eitel, Vanitas, Memento mori, Carpe diem, O‘ttiz yillik urush, nemis adabiyoti, o‘tkinchilik, abadiylik, diniy motivlar, barokko dunyoqarashiAbstract
Ushbu maqolada Andreas Gryphius ijodidagi sonetlar, ayniqsa uning mashhur “Es ist alles eitel” asari tahlil qilingan. Muallif Barokko davrining asosiy xususiyatlarini, xususan antitezis uslubining ahamiyatini ochib beradi. Andreas Gryphius 17-asr nemis adabiyotining eng muhim sonet mualliflaridan biri bo‘lib, uning ijodi O‘ttiz yillik urush dahshatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoir o‘z asarlarida hayotning o‘tkinchiligi, inson taqdirining beqarorligi va dunyoning behudaligi kabi mavzularni chuqur yoritgan.