ISLOM DININING TARIXI VA MOHIYATI
Keywords:
Islom dini, Qur’oni karim, Muhammad payg‘ambar, hadis, tavhid, islom sivilizatsiyasi, diniy bag‘rikenglik, ma’naviyat, axloq, ilm-ma’rifat.Abstract
Mazkur tezisda Islom dinining vujudga kelish tarixi, shakllanish bosqichlari, asosiy aqidaviy tamoyillari hamda insoniyat ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Islom dinining VII asrda Arabiston yarimorolida paydo bo‘lishi, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) faoliyati, Qur’oni karim va hadislarning diniy-ma’rifiy ahamiyati tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Islom dinining insonparvarlik, adolat, bag‘rikenglik, ilm olish, halollik va o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati o‘rganiladi. Islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat, ta’lim va axloqiy tarbiya rivojiga qo‘shgan hissasi hamda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining diniy va ilmiy merosi tahlil etiladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va tizimli tahlil usullaridan foydalanilgan. Islom dinining tarixiy taraqqiyoti va ma’naviy mohiyatini ilmiy asosda o‘rganish yosh avlodda diniy bag‘rikenglik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’rifiy dunyoqarashni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.
References
1.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. – Toshkent: Hilol-Nashr.
2.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. – Toshkent: Hilol-Nashr.
3.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. – Toshkent: Hilol-Nashr.
4.Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyoti, 2009.
5.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – Toshkent: Hilol-Nashr.
6.Imom al-Buxoriy. Al-Jome’ as-sahih. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991–1992.
7.Imom at-Termiziy. Sunani Termiziy. – Toshkent.
8.Abu Mansur Moturidiy. Kitob at-Tavhid.
9.Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent: Fan, 1968.
10.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.