INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HISSIYOTNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING STRUKTUR-GRAMMATIK TAHLILI

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HISSIYOTNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING STRUKTUR-GRAMMATIK TAHLILI

Authors

  • Madaminova Yodgoroy Bobirbek qizi Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti

Keywords:

Kalit so‘zlar: emotsional frazeologizm, struktur-grammatik tahlil, frazeologik model, fe’l tipidagi frazeologizm, egalik qo‘shimchasi, valentlik, tajriba egasi, ingliz tili, o‘zbek tili, chog‘ishtirma tahlil.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi hissiyotni ifodalovchi frazeologizmlar struktur-grammatik jihatdan chog‘ishtirma tahlil qilinadi. Birliklar sintaktik tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi va gap tipidagi, kategorial belgisiga ko‘ra fe’l, sifat, ot, ravish va undov tipidagi frazeologizmlarga ajratiladi. Ingliz tilida hissiy frazeologizmlarning grammatik ifodasi predloglar, egalik olmoshlari va yordamchi fe’llarga, o‘zbek tilida esa egalik, kelishik va ravishdosh qo‘shimchalariga tayanishi ko‘rsatiladi. Alohida e’tibor tajriba egasining ifodalanishiga qaratilgan: ingliz tilida u grammatik ega vazifasida keladi (he lost his temper), o‘zbek tilida esa ko‘pincha egalik qo‘shimchasi orqali a’zo yoki hissiyot nomiga bog‘lanadi va hissiyotning o‘zi ega mavqeini egallaydi (jahli chiqdi). Tadqiqot natijalari hissiy frazeologizmning struktur modeli tilning grammatik tuzilishi bilan belgilanishini, ma’no esa shu model doirasida shakllanishini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-11-08
Loading...