YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQIY NIGILIZMNING OLDINI OLISH VA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit so’zlar: huquqiy nigilizm, yoshlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik, qonun ustuvorligi, qonunga hurmat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy mas’uliyat, huquqiy davlat.Abstract
AnnotatsiyaUshbu maqolada bugungi kunda jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ijtimoiy-huquqiy muammolardan biri bo‘lgan yoshlar o‘rtasida huquqiy nigilizmning kelib chiqish sabablari, uning mazmun-mohiyati va oldini olish masalalari keng yoritilgan. Xususan, huquqiy nigilizm tushunchasi, uning namoyon bo‘lish shakllari, yoshlarning huquqiy ongiga va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida qonunlarga befarq munosabat, huquqiy normalarga rioya qilmaslik, o‘z huquq va majburiyatlarini yetarlicha anglamaslik kabi holatlarning yuzaga kelish omillari ko‘rib chiqilgan. Maqolada huquqiy nigilizmning oldini olishda oilaviy tarbiya, ta’lim muassasalari, mahalla institutlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Shu bilan birga, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunlarga hurmat, adolat, mas’uliyat va fuqarolik burchiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar huquqiy madaniyatiga ta’siri, ulardan huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarida samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqola yakunida yoshlar o‘rtasida huquqiy nigilizmning oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. Lex.uz.
2.O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni.
3.O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonuni.
4.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.
5.5 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. – 1948-yil 10-dekabr.
6.Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent.
7.Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. – Toshkent.
8.8 .Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent.
9.Huquqshunoslik faniga oid o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar.
10.O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz.
11.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy portali – constitution.uz.