“JINOYATLARNING OLDINI OLISHDA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI””
Keywords:
Kalit so’zlar: huquqiy madaniyat, huquqiy ong, jinoyatchilik, jinoyat profilaktikasi, huquqbuzarlik, qonun ustuvorligi, huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik, yoshlar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati, huquqiy targ‘ibot, qonuniylik, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy mas’uliyat, huquqiy davlat.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoyatlarning oldini olishda huquqiy madaniyatning tutgan o‘rni va ahamiyati, jamiyatda huquqiy ong hamda huquqiy tafakkurni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Xususan, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash hamda qonuniylik prinsiplariga rioya etishning jinoyatchilik profilaktikasidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani kuchaytirish, huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar, huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish orqali jinoyatchilik darajasini kamaytirish, fuqarolarning qonunlarga ongli ravishda rioya etishini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ilgari suriladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent.
3.O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2014-yil 14-may, O‘RQ-371-son.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni. “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”.
5.O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
6.O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – LexUZ.
7.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti – adliya.uz.