MADANIY MEROS OBYEKTLARI NEGIZIDA MAHALLIY TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING BANDLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH

MADANIY MEROS OBYEKTLARI NEGIZIDA MAHALLIY TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHNING BANDLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH

Authors

  • Ibodillayev Habibulla Abdullayevich Qarshi davlat unuversiteti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

Kalit so‘zlar: madaniy meros, mahalliy turizm, turizm xizmatlari, bandlik, mehnat bozori, hududiy rivojlanish, xizmatlar sohasi, turistik talab.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda madaniy meros obyektlari negizida mahalliy turizm xizmatlarini rivojlantirishning hududiy bandlikka ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy meros obyektining iqtisodiy qiymati faqat tashrif buyuruvchilar soni yoki turistik daromad bilan emas, balki uning atrofida shakllanadigan mahalliy xizmatlar, yangi ish o‘rinlari, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari va aholining daromad manbalari diversifikatsiyasi orqali baholanishi asoslanadi. O‘zbekistonda turizm tarmoqlarida bandlik ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilinib, madaniy xizmatlar, joylashtirish, umumiy ovqatlanish va turistik vositachilik xizmatlarining mehnat bozoridagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, madaniy meros obyektlari negizida mahalliy turizm xizmatlari rivojlanishining bevosita, bilvosita va induksiyalangan bandlik samaralarini baholash mezonlari taklif etiladi. Tadqiqot natijasida bandlik samaradorligini oshirish uchun xizmatlar diversifikatsiyasi, mahalliy tadbirkorlikni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash va turistik xarajatlarning hudud iqtisodiyotida qolishini ta’minlash muhimligi asoslangan.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi. Madaniy meros milliy ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 67 taga oshdi. 14.05.2026.

2.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm tarmoqlaridagi bandlik (yuridik shaxslardagi ishlovchilar soni) — jami. SIAT, 2024.

3.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm tarmoqlaridagi bandlik (yuridik shaxslardagi ishlovchilar soni). SIAT, 2024.

4.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning mamlakat YAIMdagi ulushi. SIAT, 2024.

5.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizmda bevosita yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat. SIAT, 2024.

6.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turistik kompaniya va tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan shaxslar soni. SIAT, 2025.

7.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonda turoperatorlar soni 3,4 mingdan oshdi. 12.08.2026.

8.O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi. 2025-yil yakunlari va joriy yilgi rejalar yuzasidan matbuot anjumani. 30.03.2026.

9.O‘zbekiston Respublikasi. “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son Qonun. 18.07.2019.

10.O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi. 2025-yilda AKT va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar. 05.03.2026.

Downloads

Published

2026-10-31
Loading...