ISHEMIK GENEZLI SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA BUYRAK GEMODINAMIKASINING GENDER XUSUSIYATLARI
Keywords:
Ishemik genezli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak arteriyalari gemodinamik ko‘rsatkichlarini baholash va aniqlangan o‘zgarishlarning gender xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish.Abstract
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratlaridan biri bo‘lib, uning kechishida yurak va buyrak o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik muhim patogenetik ahamiyatga ega. Yurak chiqarish hajmining kamayishi, venoz dimlanish va neyrogumoral tizimlarning faollashuvi buyrak perfuziyasining buzilishi hamda buyrak tomirlarida qarshilikning ortishiga olib keladi. Shu sababli buyrak arteriyalaridagi qon oqimini Doppler ultratovush tekshiruvi yordamida baholash kardiorenal buzilishlarni erta aniqlash imkonini beradi. Ayniqsa, buyrak tomirlarining rezistentlik indeksi (RI) mahalliy buyrak gemodinamikasi holatini aks ettiruvchi muhim funksional ko‘rsatkich hisoblanadi.
Downloads
Published
2026-10-31
Conference Proceedings Volume
Section
Articles