MAYMUNJON (RUBUS L.) MEVA MISOLIDA SUBLIMATSION SAQLASH TEXNOLOGIYASINI YARATISH

MAYMUNJON (RUBUS L.) MEVA MISOLIDA SUBLIMATSION SAQLASH TEXNOLOGIYASINI YARATISH

Authors

  • Yuldasheva Muhlisa Muhammadjon qizi Qo’qon universiteti Andijon filiali
  • Nozimjon Xoshimjonovich To‘xtaboyev Qo’qon universiteti Andijon filiali

Keywords:

maymunjon, Rubus, sublimatsion quritish, antosianlar, biologik faol moddalar, saqlash muddati.

Abstract

Tezisda maymunjon mevalarini uzoq muddat saqlash uchun sublimatsion (muzlatib quritish) texnologiyasini yaratish masalalari yoritilgan. Maymunjon tarkibida antosianlar, ellag kislotasi, fenol birikmalari, S vitamini va organik kislotalar bor, ammo mevasi nozik, namligi yuqori (80–85 %) va terilgach tez buziladi. An'anaviy issiq havoda quritishda uning biologik faol moddalari katta miqdorda yo'qoladi. Taklif etilgan texnologiya mevani oldindan muzlatib, vakuum ostida muzni suyuq fazasiz bug'lantirishga asoslangan. Bunda mevaning shakli, rangi, aromati va antioksidant faolligi yuqori darajada saqlanadi. Ishda jarayon bosqichlari, rejim parametrlari, sifatni baholash usullari va tajriba rejasi keltirilgan. Natijalar maymunjonni yil davomida xomashyo sifatida ta'minlash va ichki hamda tashqi bozorga chiqarishda qo'llanishi mumkin.

References

1.Ratti C. Hot air and freeze-drying of high-value foods: a review // Journal of Food Engineering. 2001. Vol. 49(4). P. 311–319.

2.Marques L.G., Silveira A.M., Freire J.T. Freeze-drying characteristics of tropical fruits // Drying Technology. 2006. Vol. 24(4). P. 457–463.

3.Reyes A., Evseev A., Mahn A., Bubnovich V., Bustos R., Scheuermann E. Effect of operating conditions in freeze-drying on the nutritional properties of blueberries // International Journal of Food Sciences and Nutrition. 2011. Vol. 62(3). P. 303–306.

Böhm V., Kühnert S., Rohm H., Scholze G. Improving the nutritional quality of microwave-vacuum dried strawberries // Food Science and Technology International. 2006. Vol. 12(1). P. 67–75.

Downloads

Published

2026-10-23
Loading...