TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASIDA MILLIY REALIYALAR VA ULARNING TARJIMADA AKS ETISH MUAMMOLARI

TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASIDA MILLIY REALIYALAR VA ULARNING TARJIMADA AKS ETISH MUAMMOLARI

Authors

  • Turdiyeva Gulxayo

Keywords:

Tog‘ay Murod, “Yulduzlar mangu yonadi”, milliy realiyalar, badiiy tarjima, lingvomadaniy xususiyatlar, milliy kolorit, transliteratsiya, tavsifiy tarjima, funksional muqobillik.

Abstract

Mazkur tezisda Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida uchraydigan milliy realiyalarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularni boshqa tillarga tarjima qilish bilan bog‘liq muammolar tadqiq etiladi. Kontekstual, semantik va lingvomadaniy tahlil asosida kurash va polvonlik an’analari, urf-odat va marosimlar hamda moddiy madaniyatga oid realiyalarning badiiy matndagi vazifalari yoritiladi. Tadqiqotda milliy realiyalarni tarjima qilishda ularning lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda madaniy mazmuni va kontekstual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, milliy koloritni saqlashda transliteratsiya, tavsifiy tarjima, izohlash va funksional muqobillik usullarining imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

References

1. Togʻay Murod “Yulduzlar mangu yonadi” Toshkent, 2020.

2. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. – Москва: Международные отношения, 1980.

3. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall International, 1988.

4. Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London; New York: Routledge, 1995.

Downloads

Published

2026-10-15
Loading...