MARKAZIY QIZILQUM PAST NAVLI FOSFORITLARINI FAOL LOYQA MIKROORGANIZMLARI YORDAMIDA BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI TADQIQ ETISH
Keywords:
past navli fosforitlar, faol loyqa, mikroorganizmlar, bakterial ishqorlash, biologik qayta ishlash, organomineral o‘g‘itlar.Abstract
Ushbu maqolada Markaziy Qizilqum hududidagi Jeroy-Sardara konining past navli fosforitlarini faol loyqa mikroorganizmlari yordamida qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda fosforitlarning kimyoviy tarkibi, faol loyqa bilan o‘zaro ta’siri va bakterial ishqorlash jarayonining asosiy shartlari ko‘rib chiqilgan. Tajriba davomida suyuq faol loyqa va qattiq fosforit 4:1 nisbatda aralashtirilib, havo hamda azotli oziqa moddalari ishtirokida 14 kun davomida qayta ishlangan. Jarayon yakunida hosil bo‘lgan suyuq va qattiq fazalar element tarkibini aniqlash uchun spektral tahlilga yuborilgan. Tadqiqot past navli fosforitlarni biologik usulda qayta ishlash, faol loyqadan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish va kelgusida organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini rivojlantirish istiqbollarini baholashga xizmat qiladi.
References
1.Bosecker, K. (1997). Bioleaching: Metal solubilization by microorganisms. FEMS Microbiology Reviews, 20(3–4), 591–604. https://doi.org/10.1111/j.1574-6976.1997.tb00340.x
2.Calle-Castañeda, S. M., Márquez-Godoy, M. A., & Hernández-Ortiz, J. P. (2018). Phosphorus recovery from high concentrations of low-grade phosphate rocks using the biogenic acid produced by the acidophilic bacteria Acidithiobacillus thiooxidans. Minerals Engineering, 115, 97–105. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2017.10.014
3.Fedyaeva, O. A., Reshetnikova, E. V., & Chachina, S. B. (2015). Issledovaniya khimicheskogo sostava otrabotannogo aktivnogo ila OAO “Omsk Vodokanal” [OAO “Omsk Vodokanal” korxonasining ishlatilgan faol loyqasi kimyoviy tarkibini o‘rganish]. Omsk davlat texnika universiteti, fizik kimyo kafedrasi.
4.Ekologo-agrokhimicheskaya kharakteristika obezvozhennogo osadka stochnykh vod (OOSV OSK g. Kaluga) [Oqova suvlar cho‘kmasining ekologik-agrokimyoviy tavsifi]. (2006). Kaluga.
5.Khoshru, B., Nosratabad, A. F., Mitra, D., Chaithra, M., Danesh, Y. R., Boyno, G., Chattaraj, S., Priyadarshini, A., Anđelković, S., Pellegrini, M., Guerra-Sierra, B. E., & Sinha, S. (2023). Rock phosphate solubilizing potential of soil microorganisms: Advances in sustainable crop production. Bacteria, 2(2), 98–115. https://doi.org/10.3390/bacteria2020008
6.Li, J.-T., Lu, J.-L., Wang, H.-Y., Fang, Z., Wang, X.-J., Feng, S.-W., Wang, Z., Yuan, T., Zhang, S.-C., Ou, S.-N., Yang, X.-D., Wu, Z.-H., Du, X.-D., Tang, L.-Y., Liao, B., Shu, W.-S., Jia, P., & Liang, J.-L. (2021). A comprehensive synthesis unveils the mysteries of phosphate-solubilizing microbes. Biological Reviews, 96(6), 2771–2793. https://doi.org/10.1111/brv.12779
7.Maharana, R., & Dhal, N. K. (2022). Solubilization of rock phosphate by phosphate solubilizing bacteria isolated from effluent treatment plant sludge of a fertilizer plant. Folia Microbiologica, 67(4), 605–615. https://doi.org/10.1007/s12223-022-00953-w
8.Skvortsov, L. S., & Konygin, A. A. (n.d.). Kompleksnaya obrabotka osadkov s tsel'yu ikh utilizatsii. Udobreniya iz aktivnogo ila [Cho‘kmalarni utilizatsiya qilish maqsadida kompleks qayta ishlash: Faol loyqadan olinadigan o‘g‘itlar]. EKOTEKH.
9.Tursunov, Z. R., Xurramov, N. I., Kuyliyeva, Sh. D., & Tagayev, I. A. (n.d.). Markaziy Qizilqum past navli fosforitlari bilan faol loyqa mikroorganizmlarining o‘zaro ta’sirini o‘rganish. Yosh olimlar axborotnomasi, 113–115-betlar.
10.Xiao, C., Zhou, Y., Hu, J., Guo, S., Zhou, N., & Chi, R. (2020). Biosolubilization of low-grade rock phosphate by native microbial consortia from phosphate mines: Effect of sampling sources and culture media. Geomicrobiology Journal, 37(9), 859–866. https://doi.org/10.1080/01490451.2020.1793033