TOGʻLI QISHLOQ AHOLI PUNKTLARIDA YASHASH MUHITI OMILLARINING AYOLLAR SALOMATLIGIGA TAʼSIRINI GIGIYENIK BAHOLASH (SOʻX TUMANI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit soʻzlar: togʻli hudud, yashash muhiti, ayollar salomatligi, ichimlik suvi, uy-joy sharoiti, mehnat migratsiyasi, anemiya, gigiyenik baholash, profilaktika.Abstract
Kirish. Ayollar salomatligi oila va kelajak avlod salomatligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Togʻli qishloq aholi punktlarida yashash muhiti tekislik hududlaridan sezilarli farq qiladi: markazlashgan suv taʼminoti cheklangan, ichimlik suvi koʻpincha buloq, ariq va quduqlardan olinadi, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati masofa va yoʻl sharoiti bilan cheklanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) uy-joy sharoiti va ichimlik suvi sifatini aholi salomatligining muhim determinantlari sifatida belgilaydi [1, 2], uyni isitish va ovqat pishirishda qattiq yoqilgʻidan foydalanishni esa xona havosi ifloslanishining asosiy manbasi deb hisoblaydi [4]. Fargʻona vodiysining togʻli hududlarida erkaklarning mehnat migratsiyasi keng tarqalgan boʻlib, oila va xoʻjalik yuki koʻproq ayollar zimmasiga tushadi. Xalqaro tadqiqotlar migrant oilalarida qolgan aʼzolar salomatligiga migratsiyaning taʼsiri haqida turlicha natijalarni koʻrsatadi [3]. Mavjud ishlarda muhit va ijtimoiy omillar asosan alohida oʻrganilgan, ularning togʻli hudud ayollari salomatligiga birgalikdagi taʼsiri esa Soʻx tumani sharoitida kompleks baholanmagan.
References
1.World Health Organization. WHO Housing and health guidelines. – Geneva: WHO, 2018.
2.World Health Organization. Guidelines for drinking-water quality: fourth edition incorporating the first and second addenda. – Geneva: WHO, 2022.
3.Antman F.M. The impact of migration on family left behind. IZA Discussion Paper No. 6374. – Bonn: IZA, 2012.
4.World Health Organization. WHO guidelines for indoor air quality: household fuel combustion. – Geneva: WHO, 2014.
5.Oʻz DSt 950:2011. Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifat nazorati. – Toshkent, 2011.