TIJORAT BANKLARI AKTIVLARI TARKIBINI OPTIMALLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA O'ZBEKISTON BANK TIZIMI AMALIYOTI TAHLILI
Keywords:
bank aktivlari, aktivlar tarkibi, optimallashtirish, kredit portfeli, likvidlik, kapital monandligi, NPL, ALM.Abstract
Maqolada tijorat banklari aktivlari tarkibini optimallashtirishning nazariy asoslari ko'rib chiqilib, O'zbekiston bank tizimining 2025-yil yakuni hamda 2026-yilning birinchi yarmi bo'yicha rasmiy statistik ma'lumotlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, bank aktivlarida kredit portfeli ulushi yuqori (taxminan 65 foiz), kreditlarning aksariyati uzoq muddatli (taxminan 88 foiz), aktivlar yirik va davlat ulushli banklarda jamlangan, kreditlar hajmi depozitlardan sezilarli oshib ketgan. Shu asosda aktivlar tarkibini diversifikatsiya qilish, yuqori likvidli aktivlar zaxirasini shakllantirish, aktivlar va passivlarni boshqarish (ALM) tizimini takomillashtirish hamda muammoli aktivlar bilan ishlash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.References
1.Markowitz H. Portfolio Selection // The Journal of Finance. 1952. Vol. 7, No. 1. P. 77–91.
2.Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking systems. BIS, 2011.
3.Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and liquidity risk monitoring tools. BIS, 2013; Basel III: The Net Stable Funding Ratio. BIS, 2014.
4.Saunders A., Cornett M. Financial Institutions Management: A Risk Management Approach. McGraw-Hill.
5.Rose P., Hudgins S. Bank Management and Financial Services. McGraw-Hill.
6.O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 28-oktyabrdagi 3697-son qarori bilan tasdiqlangan Banklar kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi nizom (lex.uz/uz/docs/7793613).
7.O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumot (2026-yil 1-yanvar holatiga) — cbu.uz/uz/statistics/bankstats.
8.O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tizimli ahamiyatga molik banklar to'g'risida press-reliz (2026) — cbu.uz.
9.Markaziy bank ma'lumotlari asosida ommaviy axborot vositalari materiallari: spot.uz (2026-yil 13-yanvar), qalampir.uz (2026), anhor.uz (2026-yil 27-iyul va 2026-yil yanvar).