KONSTRUKSION MATERIALLARDAN FOYDALANIB ISSIQLIK AKKUMULYATOR QURILMASINI ISHLAB CHIQISH HAMDA UNING TERMIK BARQARORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Issiqlik akkumulyatori, konstruksion material, issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, termik barqarorlik, termik sikllash, issiqlik balansi, energiya samaradorligi.Abstract
Maqolada konstruksion materiallardan foydalanib issiqlik energiyasini yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan issiqlik akkumulyatorining nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Issiqlikni saqlash jarayonida materialning solishtirma issiqlik sig‘imi, zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va termik barqarorligi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tahlil qilindi. Qizdirish va sovitish jarayonlarining takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan termik kengayish, ichki kuchlanish va yoriqlanish jarayonlari izohlandi. Qurilmada yig‘iladigan issiqlik miqdori, issiqlik yo‘qotilishi va samaradorlikni aniqlash uchun amaliy hisoblash formulalari keltirildi. Taklif etilgan yondashuv konstruksion materiallarni tanlash va ularning uzoq muddatli ishlashini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1.Ismatov A.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
2.Abdullayev R.A. Issiqlik texnikasi. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002.
3.Raximov G‘.R. Issiqlik almashinuvi va issiqlik qurilmalari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2015.
4.Исаченко В.П., Осипова В.А., Сукомел А.С. Теплопередача. — М.: Энергоиздат, 1981.
5.Касаткин А.Г. Основные процессы и аппараты химической технологии. — М.: Химия, 1971.