SUBKLINIK GIPOTIREOZDA “ICHAK–QALQONSIMON BEZ” O‘QI: MIKROBIOTA, MIKROBIAL METABOLITLAR VA METABOLIK O‘ZGARISHLAR

SUBKLINIK GIPOTIREOZDA “ICHAK–QALQONSIMON BEZ” O‘QI: MIKROBIOTA, MIKROBIAL METABOLITLAR VA METABOLIK O‘ZGARISHLAR

Authors

  • Abdumajitova Azizaxon Jamshid qizi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O‘zbekiston

Keywords:

subklinik gipotireoz, ichak mikrobiotasi, mikrobial metabolitlar, tireotrop gormon, erkin tiroksin, metabolik holat, ichak–qalqonsimon bez o‘qi.

Abstract

 Subklinik gipotireoz qalqonsimon bez faoliyatining nisbatan erta buzilishlaridan biri bo‘lib, tireotrop gormon (TTG) miqdorining oshishi va erkin tiroksin (FT4) ko‘rsatkichining me’yoriy chegaralarda saqlanishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy tadqiqotlarda ichak mikrobiotasi endokrin va metabolik gomeostazni boshqarishda ishtirok etuvchi muhim biologik tizim sifatida qaralmoqda. Ichak mikroorganizmlari tomonidan hosil qilinadigan metabolitlar immun-yallig‘lanish reaksiyalari, energiya almashinuvi va gormonal regulyatsiyaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur tezisda subklinik gipotireozda ichak mikrobiotasi va mikrobial metabolitlarning tireoid-gormonal hamda metabolik ko‘rsatkichlar bilan ehtimoliy o‘zaro aloqalari yoritiladi.

Downloads

Published

2026-10-07
Loading...