O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI FALSAFIY ILMIY DISKURSDA KO‘PMA’NOLI LEKSEMALARNING KONTEKSTUAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI: PARALLEL KORPUS ASOSIDA CHOG‘ISHTIRMA TADQIQ
Keywords:
ko‘pma’nolilik, parallel korpus, kontekstual semantika, ma’no tanlovchi belgi, kolokatsiya, frazeologik birikma, chog‘ishtirma tilshunoslik, so‘z ma’nosini aniqlash, mashina tarjimasi.Abstract
Ko‘pma’nolilikni o‘rganishda leksemaning nechta ma’nosi borligini aniqlash — masalaning faqat birinchi yarmi; ikkinchi yarmi esa kontekstdagi qaysi aniq belgi u yoki bu ma’noni tanlashini ko‘rsatishdir. Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi falsafiy-konseptual mazmunli ko‘pma’noli leksemalarning ma’nosi parallel korpusda qanday formal belgilar orqali ajralishi tekshiriladi. Material — Ch. Dikkensning “Oliver Tvist” asari VII–VIII boblaridan tuzilgan, gap darajasida moslashtirilgan 254 birlikli ikki tilli korpus. 10 ta leksemaning 70 ta qo‘llanishi qo‘lda annotatsiya qilinib, ma’no tanlovchi belgilarning beshta turi — leksik-sintaktik kolokat, qo‘shma birlik, frazeologik birikma, grammatik qolip va so‘z yasovchi affiks — ajratildi. Qo‘llanishlarning 98,6 % ida ma’no gap doirasidagi lokal formal belgi bilan ajraladi. Tillar o‘rtasida sezilarli farq aniqlandi: o‘zbek tilida ma’noni asosan fe’l-kolokat va frazeologik birikma (71,8 %), ingliz tilida esa grammatik qolip va qo‘shma birlik (51,6 %) tanlaydi.
References
1.Firth J.R. A synopsis of linguistic theory, 1930–1955 // Studies in Linguistic Analysis. Oxford: Blackwell, 1957. – P. 1–32.
2.Kilgarriff A. I don’t believe in word senses // Computers and the Humanities. 1997. Vol. 31, No. 2. – P. 91–113.
3.Dyvik H. Translations as semantic mirrors: from parallel corpus to WordNet // Language and Computers. 2004. Vol. 49. – P. 311–326.
4.Gale W., Church K., Yarowsky D. A method for disambiguating word senses in a large corpus // Computers and the Humanities. 1992. Vol. 26. – P. 415–439.
5.Ide N., Erjavec T., Tufiş D. Sense discrimination with parallel corpora // Proceedings of the ACL-02 Workshop on Word Sense Disambiguation. Philadelphia, 2002. – P. 61–66.
6.Navigli R. Word sense disambiguation: A survey // ACM Computing Surveys. 2009. Vol. 41, No. 2. – P. 1–69.
7.Sinclair J. Corpus, Concordance, Collocation. Oxford: Oxford University Press, 1991. – 179 p.
8.Atkins B.T.S., Rundell M. The Oxford Guide to Practical Lexicography. Oxford: Oxford University Press, 2008. – 540 p.
9.Hanks P. Lexical Analysis: Norms and Exploitations. Cambridge, MA: MIT Press, 2013. – 462 p.