ARTERIAL GIPERTENZIYA BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA YURAK ISHEMIK KASALLIGINING YUQORI XAVF OMILLARINI ERTA ANIQLASH, PROFILAKTIKA VA TERAPIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, yurak-qon tomir xavfi, xavf omillari, dislipidemiya, semirish, profilaktika, antihipertenziv terapiya.Abstract
Annotatsiya. Arterial gipertenziya yurak-qon tomir kasalliklarining muhim xavf omillaridan biri bo‘lib, uning uzoq muddat davomida nazorat qilinmasligi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. Tadqiqotning maqsadi arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda yurak ishemik kasalligi rivojlanishining yuqori xavf omillarini erta aniqlash, ularni kompleks baholash hamda profilaktika va terapiyani optimallashtirishdan iborat. Tadqiqotda arterial gipertenziya bilan kasallangan 30 nafar bemorning klinik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bemorlarning arterial bosim darajasi, yoshi, tana massasi indeksi, arterial gipertenziya davomiyligi, jismoniy faollik darajasi, chekish holati, lipid almashinuvi, glyukoza ko‘rsatkichi va oilaviy anamnezi baholandi. O‘rganilgan guruhda arterial gipertenziyaning 5 yildan ortiq davom etishi 63,3%, ortiqcha tana vazni yoki semirish 60,0%, jismoniy faollikning yetishmasligi 56,7%, dislipidemiya 53,3% hollarda aniqlandi. Olingan natijalar arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarda yurak ishemik kasalligi xavfini faqat arterial bosim darajasi asosida emas, balki mavjud xavf omillarining umumiy majmuasi asosida baholash zarurligini ko‘rsatdi. Erta skrining, xavf omillarini aniqlash, turmush tarzini modifikatsiya qilish va individual farmakoterapiya yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
References
1.Arnett D.K., Blumenthal R.S., Albert M.A., et al. 2019 ACC/AHA Guideline on the Primary Prevention of Cardiovascular Dis
2.ease. Circulation. 2019;140:e596–e646.
3.European Society of Cardiology. 2024 ESC Guidelines for the management of chronic coronary syndromes. European Heart Journal. 2024.
4.Grundy S.M., Stone N.J., Bailey A.L., et al. 2018 AHA/ACC Guideline on the Management of Blood Cholesterol. Circulation. 2019;139:e1082–e1143.
5.McEvoy J.W., McCarthy C.P., Bruno R.M., et al. 2024 ESC Guidelines for the management of elevated blood pressure and hypertension. European Heart Journal. 2024.
6.NCD Risk Factor Collaboration (NCD-RisC). Worldwide trends in hypertension prevalence and progress in treatment and control from 1990 to 2019. The Lancet. 2021;398:957–980.
7.Visseren F.L.J., Mach F., Smulders Y.M., et al. 2021 ESC Guidelines on cardiovascular disease prevention in clinical practice. European Heart Journal. 2021;42(34):3227–3337.
8.World Health Organization. Guideline for the pharmacological treatment of hypertension in adults. Geneva: WHO; 2021.
9.World Health Organization. Hypertension. WHO Fact Sheet. Geneva: World Health Organization; 2025.
10.World Health Organization. WHO guidelines on physical activity and sedentary behaviour. Geneva: WHO; 2020.