ALLERGIK RINIT BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA INTRANAZAL KORTIKOSTEROIDLAR TERAPIYASINING KLINIK SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so'zlar: allergik rinit, intranazal kortikosteroidlar, mometazon furoat, TNSS, hayot sifati, yallig'lanish.Abstract
Annotatsiya. Allergik rinit — dunyo aholisining 10–40 foizida uchraydigan, hayot sifatiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatuvchi surunkali yallig'lanish kasalligi hisoblanadi. Ushbu tezisda intranazal kortikosteroidlarning allergik rinit klinik simptomlariga (burun bitilishi, rinoreya, aksirish, qichishish) ta'siri o'rganildi. Tadqiqot 2023–2024 yillarda 60 nafar allergik rinit tashxisi qo'yilgan bemor ishtirokida o'tkazildi. Bemorlar mometazon furoat asosidagi intranazal kortikosteroid preparatini 4 hafta davomida qabul qildilar, natijalar TNSS (Total Nasal Symptom Score) shkalasi yordamida baholandi. Davolashdan so'ng simptomlar og'irligi o'rtacha 65% ga kamayganligi, bemorlarning 80% ida hayot sifati ko'rsatkichlari (RQLQ) sezilarli yaxshilanganligi aniqlandi. Yon ta'sirlar minimal (asosan mahalliy quruqlik va yengil epistaksis) bo'lib, davolashni to'xtatishga sabab bo'lmadi. Olingan natijalar intranazal kortikosteroidlarning allergik rinitni davolashda birinchi qatorli terapiya sifatidagi samaradorligini tasdiqlaydi.
References
1.Bousquet J, Schünemann HJ, Togias A, Bachert C, Erhola M, Hellings PW, et al. Next-generation Allergic Rhinitis and Its Impact on Asthma (ARIA) guidelines for allergic rhinitis based on Grading of Recommendations Assessment, Development and Evaluation (GRADE) and real-world evidence. J Allergy Clin Immunol. 2020;145(1):70-80.
2.Dykewicz MS, Wallace DV, Amrol DJ, Baroody FM, Bernstein JA, Craig TJ, et al. Rhinitis 2020: A practice parameter update. J Allergy Clin Immunol. 2020;146(4):721-67.
3.Fokkens WJ, Lund VJ, Hopkins C, Hellings PW, Kern R, Reitsma S, et al. European position paper on rhinosinusitis and nasal polyps 2020. Rhinology. 2020;58(Suppl 29):1-464.
4.Head K, Snidvongs K, Glew S, Scadding G, Schilder AGM, Philpott C, Hopkins C. Saline irrigation for allergic rhinitis. Cochrane Database Syst Rev. 2018;6:CD012597.
5.Klimek L, Bachert C, Pfaar O, Becker S, Bieber T, Brehler R, et al. ARIA guideline 2019: treatment of allergic rhinitis in the German health system. Allergo J Int. 2019;28:255-76.
6.Seidman MD, Gurgel RK, Lin SY, Schwartz SR, Baroody FM, Bonner JR, et al. Clinical practice guideline: allergic rhinitis. Otolaryngol Head Neck Surg. 2015;152(1 Suppl):S1-43.
7.Wheatley LM, Togias A. Clinical practice. Allergic rhinitis. N Engl J Med. 2015;372(5):456-63.