ARTERIAL GIPERTONIYA VA 2-TUR QANDLI DIABET BIRGA KECHGANDA BUYRAK FUNKSIONAL HOLATINING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI
Keywords:
arterial gipertoniya, 2-tur qandli diabet, buyrak faoliyati, surunkali buyrak kasalligi, eGFR, albuminuriya, UACR, kreatinin, glomerulyar filtratsiya, diabetik buyrak shikastlanishi. Arterial gipertoniya va 2-tur qandli diabet zamonaviy tibbiyotda keng tarqalgan suAbstract
Arterial gipertoniya va 2-tur qandli diabetning birgalikda kechishi buyraklarning strukturaviy va funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va uning progressiyasini tezlashtirishi mumkin. Mazkur tezisda arterial gipertoniya va 2-tur qandli diabet mavjud bemorlarda buyrak funksional holatini baholashning asosiy klinik-laborator mezonlari yoritilgan. Buyrak faoliyatini baholashda kreatinin miqdori, hisoblangan glomerulyar filtratsiya tezligi (eGFR) hamda siydik albumin/kreatinin nisbati (UACR) muhim diagnostik ko‘rsatkichlar sifatida qaraladi. Arterial bosimning uzoq muddat davomida yuqori bo‘lishi, glyukemik nazoratning yetarli emasligi va albuminuriyaning mavjudligi buyrak funksiyasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli arterial gipertoniya va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda buyrak faoliyatini muntazam skrining qilish, eGFR va UACR ko‘rsatkichlarini dinamik kuzatish buyrak shikastlanishini erta aniqlash hamda kasallikning keyingi rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
References
1.Alicic R.Z., Rooney M.T., Tuttle K.R. Diabetic kidney disease: challenges, progress, and possibilities. Clinical Journal of the American Society of Nephrology. 2017;12(12):2032–2045.
2.American Diabetes Association Professional Practice Committee. Cardiovascular Disease and Risk Management: Standards of Care in Diabetes—2026. Diabetes Care. 2026.
3.American Diabetes Association Professional Practice Committee. Chronic Kidney Disease and Risk Management: Standards of Care in Diabetes—2026. Diabetes Care. 2026.
4.de Boer I.H., Khunti K., Sadusky T. et al. Diabetes management in chronic kidney disease: a consensus report by the American Diabetes Association and KDIGO. Diabetes Care. 2022;45(12):3075–3090.
5.Kidney Disease: Improving Global Outcomes (KDIGO) CKD Work Group. KDIGO 2024 Clinical Practice Guideline for the Evaluation and Management of Chronic Kidney Disease. Kidney International. 2024.
6.Kidney Disease: Improving Global Outcomes (KDIGO). Clinical Practice Guideline for Diabetes Management in Chronic Kidney Disease. Kidney International. 2022;102(5S):S1–S127.
7.Thomas M.C., Brownlee M., Susztak K. et al. Diabetic kidney disease. Nature Reviews Disease Primers. 2015;1:15018.
8.Tuttle K.R., Bakris G.L., Bilous R.W. et al. Diabetic kidney disease: a report from an ADA Consensus Conference. Diabetes Care. 2014;37(10):2864–2883.