YAXSHI SIFATLI PROSTATA GIPERPLAZIYASIDA TURP VA HOLEP USULLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: yaxshi sifatli prostata giperplaziyasi, TURP, HoLEP, holmiy lazer, prostata enukleatsiyasi, IPSS, Qmax, qoldiq siydik, perioperativ xavfsizlik.Abstract
Annotatsiya. Yaxshi sifatli prostata giperplaziyasi erkaklarda pastki siydik yo‘llari simptomlarining keng tarqalgan sabablaridan biri bo‘lib, kasallikning klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan shakllarida jarrohlik davolash talab etiladi. Transuretral prostata rezektsiyasi (TURP) uzoq yillar davomida ushbu kasallikni jarrohlik davolashning asosiy usullaridan biri bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda holmiy lazer yordamida prostata enukleatsiyasi (HoLEP) samarali minimal invaziv usul sifatida keng qo‘llanilmoqda. Mazkur tezisda TURP va HoLEP usullarining klinik samaradorligi va perioperativ ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Tadqiqotga 100 nafar bemor kiritilib, ular TURP va HoLEP guruhlariga teng taqsimlandi. IPSS, Qmax, qoldiq siydik hajmi, operatsiya davomiyligi, gemoglobin kamayishi, kateterizatsiya va gospitalizatsiya muddati hamda operatsiyadan keyingi asoratlar baholandi. Har ikkala usuldan keyin IPSS va qoldiq siydik hajmining sezilarli kamayishi hamda Qmaxning oshishi kuzatildi. HoLEP guruhida gemoglobin kamayishi, kateterizatsiya va gospitalizatsiya muddati TURP guruhiga nisbatan past bo‘ldi. TURP guruhida esa operatsiya davomiyligi qisqaroq bo‘ldi. Natijalar HoLEPning perioperativ xavfsizlik va operatsiyadan keyingi tiklanish nuqtai nazaridan muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
References
1.Ahyai SA, Lehrich K, Kuntz RM. Holmium laser enucleation versus transurethral resection of the prostate: a systematic review and meta-analysis. Eur Urol.
2.Comparative efficacy and safety of HoLEP versus TURP for benign prostatic hyperplasia: systematic review and meta-analysis of randomized controlled trials. 2025.
3.Cornu JN, Ahyai S, Bachmann A, et al. A systematic review and meta-analysis of functional outcomes and complications following transurethral procedures for benign prostatic obstruction. Eur Urol. 2015;67(6):1066-1096.
4.European Association of Urology. EAU Guidelines on the Management of Non-neurogenic Male Lower Urinary Tract Symptoms. Arnhem: EAU Guidelines Office; 2025.
5.Gilling P, Barber N, Bidair M, et al. Randomized controlled trial of HoLEP versus TURP for benign prostatic hyperplasia. Eur Urol.
6.Li Y, et al. Holmium laser enucleation versus transurethral resection of the prostate for benign prostatic hyperplasia: systematic review and meta-analysis. Front Surg. 2023.
7.McVary KT, Roehrborn CG, Avins AL, et al. Surgical management of lower urinary tract symptoms attributed to benign prostatic hyperplasia. J Urol. 2023.
8.World Health Organization. Benign prostatic hyperplasia and lower urinary tract symptoms. Geneva: WHO.