NATIJAGA YO‘NALTIRILGAN BUDJETLASHTIRISHGA O‘TISHDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH TIZIMINING ZARURATI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Keywords:
natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish, dasturiy budjetlashtirish, budjet dasturi, o‘rta muddatli rejalashtirish, natija indikatorlari, davlat xarajatlari samaradorligi.Abstract
Ushbu tezisda natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishga o‘tish jarayonida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish zarurati tahlil qilinadi. Strategik maqsadlar bilan budjet xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning yetarli emasligi, idoralararo javobgarlikning tarqoqligi hamda ajratilgan mablag‘larning ijtimoiy natijalarga ta’sirini baholashdagi qiyinchiliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tizim samaradorligiga ta’sir etuvchi huquqiy, institutsional, axborot va kadrlar bilan bog‘liq omillar yoritilib, O‘zbekiston sharoitida dasturiy budjetlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 2013-yil 26-dekabr.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori. 2025–2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
3.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari. 2024-yil 7-oktabrda 3558-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qarori. O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida.
5.Ochiq budjet portali. Vazirlik va idoralarning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan budjet dasturlari ro‘yxati. 7-ilova.
6.OECD. OECD Good Practices for Performance Budgeting. Paris: OECD Publishing, 2019. DOI: 10.1787/c90b0305-en.
7.Robinson M., Last D. A Basic Model of Performance-Based Budgeting. IMF Technical Notes and Manuals, 2009/01. Washington, DC: International Monetary Fund, 2009