KORRUPSIYAGA QARSHI TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH: “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VIRTUAL AKADEMIYASI”NING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

KORRUPSIYAGA QARSHI TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH: “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VIRTUAL AKADEMIYASI”NING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors

  • Axmedova Dilnora Kobiljonovna Navoiy davlat universiteti Tayanch doktaranti

Keywords:

korrupsiyaga qarshi ta’lim, Virtual akademiya, raqamli ta’lim, talabalar, korrupsiyaga nisbatan intolerantlik, huquqiy madaniyat, halollik, korrupsiyaga qarshi bilim, elektron platforma, pedagogik muhit.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda aholining, davlat xizmatchilarining hamda yoshlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarini uzluksiz oshirishga yo‘naltirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi ta’limni raqamlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, Virtual akademiyaning tashkil etilishining huquqiy asoslari, ta’lim oluvchilar kontingenti, bazaviy va maxsus o‘quv kurslarining mazmuni hamda oliy ta’lim talabalari uchun mazkur platformaning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va pedagogik interpretatsiya metodlaridan foydalanilgan. Tahlillar Virtual akademiya korrupsiyaga qarshi bilimlarni faqat huquqiy ma’lumot sifatida berish bilan cheklanmasdan, ta’lim oluvchilarda huquqiy ong, halollik qadriyatlari, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish uchun raqamli pedagogik muhit yaratish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada Virtual akademiyani oliy ta’lim jarayoni bilan integratsiyalash, talabalarning individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, interaktiv topshiriqlar va muammoli vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son qarori. “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2024.

2.O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuraturasi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Adliya vazirligida 2024-yil 30-oktabrda 3565-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

3.Poisson, M. Corruption and Education. – Paris: UNESCO International Institute for Educational Planning (IIEP), 2010.

4.UNESCO. UNESCO promotes integrity and ethics in higher education. – Paris: UNESCO, 2020.

5.United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). Anti-Corruption Education, Training Programmes and Research at the University Level. – Vienna: United Nations, 2022.

6.UNESCO IIEP-ETICO. IIEP Training Materials: Transparency, Accountability and Anti-Corruption in Education. – Paris: UNESCO International Institute for Educational Planning.

7.O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi. Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi: elektron ta’lim resurslari va o‘quv kurslari. – Toshkent, 2024–2026.

8.UNODC. Education for Justice (E4J): University Module Series on Anti-Corruption and Integrity. – Vienna:United Nations Office on Drugs and Crime.

Downloads

Published

2026-09-22
Loading...