TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORAT OPERATSIYALARINI SOLIQQA TORTISHDA XALQARO TAJRIBA VA UNI O‘ZBEKISTON AMALIYOTIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: elektron tijorat, transchegaraviy elektron savdo, raqamli iqtisodiyot, qo‘shilgan qiymat solig‘i, QQS, raqamli platforma, marketpleys, OSS, IOSS, soliq ma’murchiligi, xorijiy kompaniya, soliq nazorati.Abstract
Mazkur tezisda transchegaraviy elektron tijorat operatsiyalarini soliqqa tortishning nazariy va amaliy jihatlari, mazkur sohada xalqaro miqyosda shakllangan zamonaviy soliq mexanizmlari hamda ularni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Elektron savdo hajmining jadal o‘sishi natijasida tovarlar, raqamli mahsulotlar va elektron xizmatlarning davlat chegaralaridan tashqarida realizatsiya qilinishi soliq ma’murchiligi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, sotuvchining boshqa davlat hududida joylashganligi, bitimlarning elektron shaklda amalga oshirilishi, raqamli platformalarning vositachilik roli, soliq to‘lovchining rezidentligini aniqlash va qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
References
1.OECD (2017) International VAT/GST Guidelines. Paris: OECD Publishing.
2.OECD (2019) The Role of Digital Platforms in the Collection of VAT/GST on Online Sales. Paris: OECD Publishing.
3.OECD (2025) The 2025 OECD Definition of E-commerce and Guidelines for Interpretation. Paris: OECD Publishing.
4.OECD (2026) Digital Continuous Transactional Reporting for Value Added Tax: Policy and Design Considerations for Introduction and Operation. Paris: OECD Publishing.
5.European Commission (2026) VAT in the Digital Age (ViDA). Directorate-General for Taxation and Customs Union. Available at:
6.European Commission (2026) EU VAT Rules for E-commerce, Five Years On: More than €125 Billion in VAT Revenue. Directorate-General for Taxation and Customs Union, 3 September.
7.O‘zbekiston Respublikasi (2019) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘RQ-599-son, 30 dekabr 2019-yil. Toshkent: Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – LexUZ.
8.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (2026) Elektron tijorat savdo hajmi (yillik). SIAT rasmiy statistika axborot tizimi,
9.O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (2026) O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 181,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. 30 January.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (2025) Iste’molchilarga joriy yil boshidan 1,4 mlrddan ziyod elektron chek berildi. 25 July.