RADIOMICS VA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA O‘PKA SARATONINI KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI TASVIRLARI ASOSIDA ERTA ANIQLASH

RADIOMICS VA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA O‘PKA SARATONINI KOMPYUTER TOMOGRAFIYASI TASVIRLARI ASOSIDA ERTA ANIQLASH

Authors

  • A.A.Arabova Buxoro davlat tibbiyot instituti

Keywords:

o‘pka saratoni, kompyuter tomografiyasi, radiomics, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish, deep learning, o‘pka tugunlari, erta diagnostika, tibbiy tasvirlash.

Abstract

Ushbu maqolada o‘pka saratonini kompyuter tomografiyasi (KT) tasvirlari asosida erta aniqlashda radiomics va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘pka saratoni kech tashxislanishi sababli yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uni erta bosqichda aniqlash bemorlarning davolash samaradorligi va prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi. An’anaviy KT diagnostikasida radiologning vizual baholashiga asosiy e’tibor qaratilsa, radiomics usuli tasvirlardan inson ko‘zi bilan aniqlash qiyin bo‘lgan miqdoriy, teksturaviy va morfologik belgilarni ajratib olish imkonini beradi.

Downloads

Published

2026-09-17
Loading...