TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORTINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA DAVLAT MEXANIZMLARI VA INSTITUTSIONAL MUHITNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: eksportni qo‘llab-quvvatlash, davlat mexanizmlari, institutsional muhit, fiskal va nofiskal choralar, WTO, ASCM, eksport krediti, eksport sug‘urtasi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlashning davlat mexanizmlari va institutsional muhitini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. O‘zbekistonda shakllangan eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi (Eksportni rag‘batlantirish agentligi, “O‘zbekinvest”, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi) hamda fiskal va nofiskal choralar tasnif qilingan. Jahon savdo tashkiloti (ASCM) bitimiga muvofiqlashtirish doirasida fiskal subsidiyalardan nofiskal (servis va institutsional) choralarga o‘tish tendensiyasi ko‘rsatilgan. Institutsional muhitni takomillashtirish, hududiy darajadagi xizmatlarni kuchaytirish va WTO talablariga mos mexanizmlar bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoni “Bozor islohotlarini jadallashtirish va milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son Qarori “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3.North, D.C. (1990). Institutions, Institutional Change and Economic Performance. Cambridge University Press.
4.WTO (1994). Agreement on Subsidies and Countervailing Measures (ASCM). Geneva.
5.Lederman, D., Olarreaga, M., Payton, L. (2010). Export promotion agencies: Do they work? Journal of Development Economics, 91(2), 257–265.
6.Eksportni rag‘batlantirish agentligi (2025). Yillik hisobot. Toshkent.