XALQARO HUQUQ VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARINING HUQUQIY KAFOLATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: xalqaro huquq, inson huquqlari, inson erkinliklari, tenglik, kamsitmaslik, xalqaro standartlar, Konstitutsiya, huquqiy kafolat, shaxsiy daxlsizlik, sud himoyasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada inson huquq va erkinliklarining xalqaro huquq normalari hamda O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy tizimida qay darajada belgilanganligi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodi davomida inson huquqlarining universal xususiyati, ularning barcha insonlarga teng ravishda tegishli ekanligi hamda xalqaro miqyosda huquqiy jihatdan himoya qilinishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yilgi yangi tahririda inson huquqlariga oid xalqaro-huquqiy tamoyillarning qay darajada aks ettirilganligi o‘rganiladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi tegishli normalar bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijasida xalqaro va milliy huquq tizimlari o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish, ularning tengligini ta’minlash va kamsitishning oldini olishga qaratilgan uzviy bog‘liqlik mavjudligi asoslanadi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir, 2023-yil 30-aprel.
2.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasining 217 A (III)-rezolyutsiyasi, 1948-yil 10-dekabr.
3.Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, 1966-yil 16-dekabr.
4.Qiynoqlarga hamda boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolarga qarshi konvensiya, 1984-yil 10-dekabr.
5.Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlari.
6.Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi.