NEYROLINGVISTIK TERMINOLOGIYANING O‘ZBEK TILIDAGI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: neyrolingvistika, neyrolingvistik termin, o‘zbek tili, terminologiya, semantika, terminologik birlik, nominatsiya, o‘zlashma, kalkalash, terminologizatsiya, neyroanatomik termin, afaziya.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilida qo‘llanayotgan neyrolingvistik terminlarning semantik-strukturaviy xususiyatlari hamda ularning shakllanishida ishtirok etuvchi nominatsiya usullari tahlil qilindi. Neyrolingvistika til faoliyatining neyrobiologik asoslarini o‘rganuvchi fanlararo yo‘nalish sifatida lingvistika, nevrologiya, neyropsixologiya, psixolingvistika va kognitiv fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanmoqda. Shu sababli ushbu soha terminologiyasi ham turli ilmiy yo‘nalishlarga mansub tushunchalarni ifodalovchi murakkab tizim sifatida shakllanmoqda. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi neyrolingvistik terminlar strukturaviy, komponent-semantik va nominativ jihatdan ko‘rib chiqilib, ularning bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli modellari aniqlandi. Shuningdek, terminlarning o‘zlashma, kalkalash, semantik terminologizatsiya, affiksatsiya va gibrid nominatsiya asosida shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek neyrolingvistik terminologiyasida xalqaro terminlarning faol o‘zlashtirilishi bilan bir qatorda, o‘zbek tilining ichki leksik-sintaktik imkoniyatlari asosida termin yaratish jarayoni ham samarali ekanligini ko‘rsatadi. Terminlarning semantik tarkibida til faoliyati, kognitiv jarayon, neyroanatomik tuzilma, patologik holat va funksional buzilish kabi komponentlar yetakchi o‘rin tutadi.
References
1.Akhmedova Hilolaxon Rasuljon kizi. Terminological system of neurolinguistics. Ilm-fan xabarnomasi, science bulleten, vestnik nauku. Volume 7, issue 2, May 2025. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
2.Иконникова В.А. Терминологии новых областей научного знания: перспективы и вопросы (на материале терминов нейролингвистики). Фундаментальная наука — вузам. DOI: 10.31862/2073-9613-2024-2-406-420. – B.410-411.
3.G‘ulomova Nargiz Ilhomjon qizi. Neyrolingvistika:tilshunoslik va tibbiyot.Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. – B.91.
4.ISO 704:2022. Terminology work — Principles and methods. Geneva: International Organization for Standardization, 2022.
5.Fedorenko, E., Ivanova, A. A., Regev, T. I. (2024). The language network as a natural kind within the broader landscape of the human brain. Nature Reviews Neuroscience, 25, 289–312. DOI: 10.1038/s41583-024-00802-4.