BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENSIYASI. ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA INTEGRATIV FAOLIYAT.
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: boshlang‘ich ta’lim, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasbiy faoliyat, kasbiy mahorat, pedagogik kompetensiya, zamonaviy ta’lim, o‘quvchi shaxsi, yosh xususiyatlari, mustaqil fikrlash, bilishga qiziqish, pedagogik faoliyat, ta’lim sifati.Abstract
ANNOTATSIYA. Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy faoliyati, kasbiy mahorati va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, qiziquvchanligi, bilim olishga bo‘lgan intilishi va mustaqil fikrlashga moyilligi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchining ushbu individual xususiyatlarni anglash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdagi pedagogik faoliyati muhimligi asoslangan. Zamonaviy ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga qo‘yiladigan kasbiy talablar, uning bilim, ko‘nikma va pedagogik mahoratining ta’lim sifatiga ta’siri yoritilgan. O‘qituvchining nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchini rivojlantiruvchi, yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi shaxs sifatidagi faoliyati muhim jihat sifatida ko‘rsatib berilgan.
References
1.Muslimov N. Kasbiy kompetensiya va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2018.
2.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent, 2018.
3.Xutorskoy A. V. Kompetentnostnyy podxod v obrazovanii. – Moskva, 2003.
4.Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2015. – 120b.
5.Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2021.
6.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2019.