MENGZIYO SAFAROVNING “SOʻQMOQDAGI ODAMLAR” QISSASIDA OBRAZLAR TIZIMINING BADIIY-PSIXOLOGIK TABIATI
Keywords:
qissa, obrazlar tizimi, badiiy psixologiya, xarakter tipologiyasi, sinov vaziyati, ichki kurash, insonparvarlik, oʻzbek zamonaviy nasri.Abstract
Mazkur maqolada Mengziyo Safarovning “Soʻqmoqdagi odamlar” qissasi obrazlar tizimi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — asardagi markaziy va ikkinchi darajali obrazlarning ekstremal vaziyat (togʻ yoʻlida yuz bergan baxtsiz hodisa) sharoitida qanday ochilishini, ularning ichki tabiati va xarakter dinamikasini ilmiy asoslash orqali koʻrsatishdir. Tahlil jarayonida qiyosiy-tipologik va badiiy-psixologik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Maqolada Aʻzam, Abdulla, Sadir va keksa usta obrazlari alohida koʻrib chiqilib, ularning har biri oʻziga xos xarakter tipini — sabr-bardosh, ichki kurash, tavba-tazarru va xalq donoligini — ifodalashi asoslanadi. Shuningdek, asardagi jamoaviy obraz insoniy birdamlik ramzi sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, muallif inson xarakterini statik emas, balki sinov jarayonida shakllanadigan, dinamik hodisa sifatida tasvirlaydi.
References
1.Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. -Т.: 2004 – Б.22.
2.Сафаров М. Айришох. — Тошкент: 2008. – 286 бет.
3.Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва – Т.:Фан, 2006 –Б.161.
4.Холмирзаев Ш. Муаммолар муаммоси – одам // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –1986 йил. – 26 дек.
5.Сафаров М. Она тупроқ қўшиғи – Т: Ғaфур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1989. 225 бет.