О‘ZBEK TILI TA’LIMIDA GAPIRISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kommunikativ kompetensiya, og‘zaki nutq, interfaol metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, lingvodidaktika, multimedia texnologiyalari, gapirish ko‘nikmasi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu ishda o‘zbek tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning gapirish (og‘zaki nutq) ko‘nikmasini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy ta’lim modeli hamda interfaol o‘qitish usullariga asoslangan holda og‘zaki nutqni shakllantirishning samarali yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, rolli o‘yinlar, muammoli ta’lim, dialogik va situativ mashqlar, multimedia vositalari hamda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda nutqiy faollikni oshirish mexanizmlari asoslab berilgan. Ishda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda lingvopsixologik yondashuv, kognitiv rivojlanish bosqichlari hamda individual va differensial ta’lim tamoyillarini hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi faoliyatining tashkilotchilik, yo‘naltiruvchilik va fasilitatorlik funksiyalari ilmiy asosda ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taklif etilgan texnologiyalar o‘quvchilarning og‘zaki nutq madaniyatini rivojlantirish, fikrni erkin ifodalash va muloqotga kirishish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi.
References
1.Мирзиёев Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. –T.: Ўзбекистон, 2016. –14-б.
2.Муҳиддинова Х. Таълим босқичларида ўзбек тили ўқитилиши узлуксизлигини таъминлашнинг илмий-методик асосларини такомиллаштириш пед. фан. ном-ди дисс. ТДПИ –Тошкент, 2011. -270 б.
3.Мирзоҳидова Ҳ. Ўзбек мактабларида фонетикани қирғиз тилига қиёслаб ўрганиш: пед. фан. ном-ди дисс. ТДПИ –Тошкент, 1998. -143 б.