MUDDATI YETMAY TUGʻILGAN CHAQALOQLARDA INTRAVENTRIKULYAR GEMORRAGIYA RIVOJLANISHIDA TANA VAZNI DEFITSITINING PROGNOSTIK AHAMIYATI: XALQARO ILMIY MAQOLALAR META-TAHLILI

MUDDATI YETMAY TUGʻILGAN CHAQALOQLARDA INTRAVENTRIKULYAR GEMORRAGIYA RIVOJLANISHIDA TANA VAZNI DEFITSITINING PROGNOSTIK AHAMIYATI: XALQARO ILMIY MAQOLALAR META-TAHLILI

Authors

  • Mannopov Avazbek Oybek o`g`li Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Bolalar Nevrologiyasi 2-Bosqich magistratura talabasi
  • Xojimatova Malika Shuhratovna Ilmiy Rahbar : Dotsent

Keywords:

Tadqiqot maqsadi: So'nggi yillarda chop etilgan xalqaro ilmiy adabiyotlar va ko'p markazli randomizatsiyalangan tadqiqotlar ma'lumotlarini tahlil qilgan holda, chala tug'ilgan chaqaloqlarda tana vaznining turlicha kamlik darajalari bilan BMQQ rivojlanish tezligi va og'irlik darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni tizimli o'rganish.

Abstract

Muddatidan ilgari tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya qorinchalariga qon quyilishi (BMQQ) yoki xalqaro terminologiyada intraventrikulyar gemorragiya (IVH), neonatal davrning eng dolzarb va og'ir asoratlaridan biri bo'lib qolmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (WHO) va xalqaro pediatriya assotsiatsiyalari ma'lumotlariga ko'ra, chala tug'ilgan chaqaloqlarda nevrologik nogironlik va kognitiv nuqsonlarning shakllanishi bevosita ushbu patologiya bilan bog'liq. Miya qon oqimi autoregulyatsiyasining yetishmovchiligi va germinal matritsa (subependimal qatlam) tomirlarining strukturaviy mo'rtligi gemorragik jarayonlarning asosiy patogenetik zvenosi hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-06-11
Loading...