BOLALAR SEREBRAL FALAJIIDA BOSH MIYADA GFAP EKSPRESSIYASINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
Bolalar serebral falajining turli klinik shakllarida bosh miyaning turli qismlarida GFAP ekspressiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.Abstract
Bolalar serebral falaji (BSF) bolalar o‘rtasida doimiy nevrologik nogironlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Kasallik asosida rivojlanishning prenatal, intranatal va erta postnatal davrlarida yuzaga keladigan markaziy asab tizimining strukturaviy va funksional buzilishlari yotadi. BSF patogenezini o‘rganishdagi sezilarli yutuqlarga qaramay, asab to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlarning shakllanish mexanizmlari yetarli darajada o‘rganilmagan.
References
1.Bolalar serebral falaji bosh miyaning turli qismlarida GFAP ekspressiyasining oshishi bilan kechadigan astrotsitar neyrogliya faollashuvi bilan tavsiflanadi.
2.GFAPning eng yuqori ekspressiyasi spastik diplegiya va atoniko-astatik shaklda aniqlanadi, bu reaktiv astroglioz jarayonlarining yaqqol namoyon bo‘lishidan dalolat beradi.
3.BSFning har bir klinik shakli GFAP-musbat o‘zgarishlarning o‘ziga xos lokalizatsiyasi va ifodalanish darajasi bilan tavsiflanib, bosh miyaning turli anatomik tuzilmalarining shikastlanish xususiyatlarini aks ettiradi.
4.GFAP bolalar serebral falajida neyroglial reaksiyalar va patomorfologik o‘zgarishlarning darajasini baholashda muhim immunogistokimyoviy marker hisoblanadi.